Segnetoelektriklar


Download 85.03 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi85.03 Kb.
#199474
Bog'liq
segnetoelektriklar (1)


Aim.Uz

Segnetoelektriklar
Dielektriklarning shunday alohida turlari borki, ular tashqi elektr maydoni bo’lmaganda ham, o’z – o’zidan to`yunish darajasigacha qutblangan elementar hajm (domenlar)ga bo’lingan bo`ladi (4.3-rasm). Domenlar dipol momenti vektori tartibsiz yo’nalganligi sababli, segnetoelektrik jism dipol momentining algebraik yig’indisi nolga teng bo’ladi.

Elektr maydoniga kiritilgan segnetoelektriklar qator xossalari bilan dielektriklardan farq qiladi:

1) Normal sharoitda segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi dielektriknikidan 104-marta katta bo’ladi;

2) Segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi ularning nafaqat kimyoviy tabiati, balki temperaturasi hamda qutblanish darajasiga ham bog’liq bo’ladi;



3) Segnetoelektriklar gisterezis xossasiga egadir.

4.3-rasm


Dastlab segnetoelektriklar tashqi elektr maydonida P1-to`yinish darajasigacha qutblanadi. Tashqi maydon kuchlanishi (E) kamayishi bilan qutblanish P sekin-asta kamayib, E=0 da P0-qoldiq qutblanishni vujudga keltiradi (4.4-rasm).

4.4-rasm


Qoldiq qutblanishni yo’qotish uchun jismga teskari yo’nalishda kuchlanish berilishi lozim. Qoldiq qutblanish nolga teng bo’lganda segnetoelektrikka qo’yilgan teskari kuchlanishning qiymati konservativ kuch deb yuritiladi.

4) Elektr maydonining gisterezis sirtmog`i bo’yicha davriy o’zgarishida energiyaning yutilishi kuzatiladi. (Bu yo’qotilgan energiya segnetoelektrikni qizdirish uchun sarflanadi).

5) Har bir segnetoelektrik uchun o’ziga xos temperatura Tk-mavjud bo’lib, u Kyuri nuqtasi deb yuritiladi. TK-dan yuqori temperaturada segnetoelektriklar o’z xususiyatlarini yo’qotib, qutbli dielektriklar kabi bo’lib qoladi.

Quyida ba’zi segnetoelektriklarning Kyuri-temperaturasi ko’rsatilgan:



4.1-jadval

Segnetol.nomi

Xim.tarkibi

Kyuri temp.

Titanat bariy

BaTiO3

4060K (1330C)

Niobit litiy

LiN6O3

14880K (12100C)

Cignit tuzi

NaKC4H4O64H2O

2550K (-180C)-2970K (240C)

Download 85.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling