Segnetoelektriklar
Download 85.03 Kb.
|
segnetoelektriklar (1)
Aim.Uz Segnetoelektriklar Dielektriklarning shunday alohida turlari borki, ular tashqi elektr maydoni bo’lmaganda ham, o’z – o’zidan to`yunish darajasigacha qutblangan elementar hajm (domenlar)ga bo’lingan bo`ladi (4.3-rasm). Domenlar dipol momenti vektori tartibsiz yo’nalganligi sababli, segnetoelektrik jism dipol momentining algebraik yig’indisi nolga teng bo’ladi. Elektr maydoniga kiritilgan segnetoelektriklar qator xossalari bilan dielektriklardan farq qiladi: 1) Normal sharoitda segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi dielektriknikidan 104-marta katta bo’ladi; 2) Segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi ularning nafaqat kimyoviy tabiati, balki temperaturasi hamda qutblanish darajasiga ham bog’liq bo’ladi; 3) Segnetoelektriklar gisterezis xossasiga egadir. 4.3-rasm
Dastlab segnetoelektriklar tashqi elektr maydonida P1-to`yinish darajasigacha qutblanadi. Tashqi maydon kuchlanishi (E) kamayishi bilan qutblanish P sekin-asta kamayib, E=0 da P0-qoldiq qutblanishni vujudga keltiradi (4.4-rasm). 4.4-rasm
Qoldiq qutblanishni yo’qotish uchun jismga teskari yo’nalishda kuchlanish berilishi lozim. Qoldiq qutblanish nolga teng bo’lganda segnetoelektrikka qo’yilgan teskari kuchlanishning qiymati konservativ kuch deb yuritiladi. 4) Elektr maydonining gisterezis sirtmog`i bo’yicha davriy o’zgarishida energiyaning yutilishi kuzatiladi. (Bu yo’qotilgan energiya segnetoelektrikni qizdirish uchun sarflanadi). 5) Har bir segnetoelektrik uchun o’ziga xos temperatura Tk-mavjud bo’lib, u Kyuri nuqtasi deb yuritiladi. TK-dan yuqori temperaturada segnetoelektriklar o’z xususiyatlarini yo’qotib, qutbli dielektriklar kabi bo’lib qoladi. Quyida ba’zi segnetoelektriklarning Kyuri-temperaturasi ko’rsatilgan: 4.1-jadval
Download 85.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling