Sehrli qalpoqcha
Download 446.26 Kb.
|
TAQRIZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janr
- TATU talabasi : Abdurasulov S.
TAQRIZ Hoshimjonning “Sehrli qalpoqcha”si Rejissor: Sarvar Karimov, Nozim Jumayev Rollarda: Bunyod Rahmatullayev, Fotima Rejametova, Tohir Saidov,To‘xtamurod Azizov, Dilbar Ikromova, Hamid Toshpo‘latov, Yulduz Hamidova va boshqalar. Janr: zamonaviy sarguzasht-ertak O‘zbekiston, 2012-yil. "Sehrli qalpoqcha" filmi. Foto: facebook.com “Tanishib qo‘yaylik: otim Hoshim, erkalatib chaqirmoqchi bo‘lsangiz Hoshimjon deb ataysiz. Familiyam – Ro‘ziyev... ”. Bu mashhur ism, familiyani esladingizmi? Taniqli asarning taniqli qahramoni boshidan kechirgan sarguzashtlarni bolaligida sevib o‘qimagan o‘quvchi kam bo‘lsa kerak. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari va ayniqsa, Hoshimjon Ro‘ziyevdek qahramoni ko‘pchilikning yodida aniq-tiniq saqlanib qolgan, desak adashmaymiz. Filmdagi Hoshimjon - Bunyod Rahmatullayev. Foto: "Sehrli qalpoqcha" filmidan lavha. Rejissorlar Sarvar Karimov hamda Nozim Jumayev ushbu asarga qo‘l urar ekan, unda aks etgan muhit, qahramon tushadigan sarguzashtli voqea va holatlarni ssenariyda bugungi zamon muhitiga moslaydi. Badiiy asardan farqli o‘laroq, filmga kiritilgan kirish qismda, dastlab sehrli qalpoqchaning yaralishi, bunga nima sabab bo‘lganligi tarixi ochib beriladi. Unga ko‘ra, qadim zamonda bir qishloqqa dushmanlar bostirib keladi, begunoh onalar, bolalarni qiynoqqa soladi... Foto: "Sehrli qalpoqcha" filmidan lavha Bu mudhishliklarni ko‘rgan olim, kimki boshiga kiysa, ko‘rinmas bo‘lib qolish xususiyatiga ega sehrli qalpoqni yaratadi. U dushmanlardan shu tarzda qasos oladi va qalpoqni qutiga soladi-yu, o‘zi bilan olib ketmaydi. Foto: "Sehrli qalpoqcha" filmidan lavha Tarixiy ko‘rinishda tasvirlangan ushbu kadrlardan so‘ng, tomoshabin bugungi kunga qaytadi va Hoshimjon bilan tanishadi. Hoshimjon rolida Bunyod Rahmatullayev. (Bu yosh aktyor ekranlarda Rustam Sa’diyevning “Yig‘lamagin” filmi orqali muxlislarga yaxshi tanish) U gavdalantirgan Hoshimjon - dangasa, xayolparast, o‘qish va ish qilishdan bo‘yin tovlaydigan bola. Hatto, maktab direktoriga “matematika, fizika kabi fanlar o‘rniga jismoniy tarbiya singari fanlarini qo‘yish” talabi bilan ariza yozadi. Shundan kundalikdagi baholari ham “2” bahodan oshay demaydi. Foto: "Sehrli qalpoqcha" filmidan lavha Kunlardan bir kuni u barcha tilaklarni bajaradigan sehrli qalpoqcha topib oladi. Birinchi galda mahalladagi folbin ayolning sirini fosh qiladi, mahalla bolalari o‘rtasidagi futbol musobaqasida jamoasiga yordam beradi, sinf jurnaliga o‘zi va do‘sti uchun “5” baholarni “tortiq qiladi”. Biroq shu yerda siri fosh bo‘ladi-yu, o‘qituvchi va maktab direktorining “sen hech kim bo‘la olmaysan” degan dakkisiga javoban “bo‘la olaman”, deya xonani tark etadi. Qo‘lidagi sehrli qalpoqcha yordamida shu gapini isbotlash istagida yo‘lga tushadi. Foto: "Sehrli qalpoqcha" filmidan lavha Hoshimjon turli-tuman sarguzashtlarni boshidan kechiradi: agronom, shoir, o‘qituvchi bo‘lib ko‘radi. Alaloqibat, bolakay inson mehnatsiz hech nimaga erisha olmasligini tushunib yetadi, sehrli qalpoqcha unga hamma narsani bera olishini, lekin, aql bera olmasligini anglab yetadi. Hoshimjonning kattaligi - Baxtiyor Turg‘unov Filmda Hoshimjonning agronom va o‘qituvchiga aylanib qolgan - katta bo‘lib qolgan rollarni Baxtiyor Turg‘unov (agronom) hamda Umid Hamdamov (domla) ijro etishgan. Hoshimjonning kattaligi - Umid Hamdamov Oppoq, momiqqina “sehrli qalpoq”qa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov ovoz bergan. Shuningdek, filmda maxsus effektlardan ham unumli foydalanilgan. Filmda maxsus effektlardan foydalanilgan Xulosa qilib aytganda, film so‘nggi yillarda bolalar mavzusida yaratilgan o‘zbek filmlari orasida yarq etdi va ko‘plab katta-yu kichik tomoshabinlarga manzur bo‘ldi, deb ayta olamiz. TATU talabasi : Abdurasulov S. Download 446.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling