Сейм salb yurishlari —


Download 61.83 Kb.
bet12/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1518043
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ozimniki

SLOBODA KAZAKLARI — Sloboda Ukrainasining kazak aholisi; 1637—1638 yy. da dehhon kazaklar qo‘zg‘olonining hatnashchilaridan gyotman Ya. Ostryanin boshchiligida ko‘chib kelgan 800 kazak tomonidan bunyod qilingan. Mamlakat janubiy chekka o‘lkalarining o‘zlashtirilishi va ularning mudofaasini tashkil etishdan manfaatdor bo‘lgan podsho hukumati bu yerga ko‘chib keluvchilarni rag‘batlantirgan, ular mahalliy boshqarma huquqidan foydalangan va harbiy vazifani o‘taganlar. Hukumat bu yerda bir necha kazak polkini tashkil etdi. S. k. lari polklar va sotniklarga bo‘linardi. S. k. ichida ijtimoiy ziddiyatlarning vujud- ga kelishi va bu yerlardagi aholi ham krepostnoylarga aylaitirila boshlashi g‘alayonlarga sabab bo‘ldy. 1670 y. da Ostrogoj polkida g‘alayon ro‘y berdi va g‘alayonchilar S. Razin harakati bilan bog‘landilar, 1707— 1708 yy. da Q. Bulavin qo‘zg‘olonida hatnashdilar. 1765 y. da bu polklar tugatilib, muntazam gusar polkiga aylantirildi. S. k. lari kazaklik huquqlaridan mahrum etilib, ho‘shinga aylantirildi. Starshinalar ofitserlik unvonini va rus dvoryanlari huquhini oldilar. S. Ukrainasi yerida Sloboda Ukrainasi gubernasi tuzildi.
SMERD (rus.)—qadimgi Rusda (9—13- asrlar) feodalga qaram dehqonning nomi. S. o‘z ho‘jayiniga obrok (h.) to‘lar va barshchinaii (h.) ado etar edi. S. ni o‘ldirgan kishidan uning xo‘jayini foydasiga xun undirilgan.
SOBOR—1 qadimgi Rusda mansabdorlarning yoki saylab qo‘yilgan kishilarning davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalarini ko‘rib, hal hiluvchi yig‘in; zemskiy S; cherkov S; 2 shahardagi .yoki monastirdagi bosh cherkov.
SOVUT — dubulg‘a; temir kiyim, zirhli kiyim, kengbar metall kamar; jangchi gavdasini dushmanning zar bidan sahlaydigan temir kiyim. Javshan, sovut-zirh; Sharq mamlakatlarida sim va temir xalqalardan to‘qilgan qadimgi urush kiyimlaridan biri; ot sag‘risiga qo‘yiladigan yopiq (askar undan kechasi to‘shak o‘rnida foydalanadi), u bo‘ktirgi deb ham atalgan.


Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling