Sektor rahbari Jondor tumani iibb djavkashovga Ma’lumot uchun : Jondor tuman hokimi S. Hikmatovga


Download 16.54 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi16.54 Kb.
#1155357
Bog'liq
секторга хат


Sektor rahbari Jondor tumani IIBB Djavkashovga
Ma’lumot uchun : Jondor tuman hokimi S.Hikmatovga
Chorzona MFY , chorzona qishloq aholisi nomidan ushbu xat orqali, Sizga yozib ma’lum qilamizki ,Sizni 2022-yil 24- noyabr kuni qishloq faollari va kocha vakillari ishtirokida mahalla binosida o’tkazgan sayyor qabulingizda aholi vakillar tomonidan bir qancha masalalarga amaliy yordam berishingizni so’rab , Sizga va siz bilan birga kelgan xizmat korsatuvchi tashkilotlar vakillariga murojaat qilgan edilar .
Jumladan :

  1. G’.Ro’ziyev va U.Ergashovlar shaxsiy tomorqalariga ikki yildan buyon ariq suvi bormayotganligidan norozilik bildirib

  2. Fuqaro M.Mangliyev va T.Qurbonovlar qishloqga keladigan gaz trubalari qarovsizlikdan ayrim joylarda 10 -15 metr tuproq tagida ko’milib yotganligi ,chirib yaroqsiz holatga kelayotganligidan ,ba’zi ko’chalarda gaz yo’qligidan norozilik bildirib

  3. Fuqaro D.Davlatov elektr energiya ta’minotida asossiz ravishta ko’p svet o’chishi mavjud 12 ta elektr transformatoridan 6 tasida kuchlanish pastligi uchun yuqori kuchlanishga almashtirilishini so’rab

  4. Fuqaro S.Aslonov va E.Nazarov (marhum) ,R.Rasulovlar sepatta arig’idan 400 metr joyni ariq roshini tuprog’ini olishga hamda moxon arig’idan suv ichadigan 3 ta ko’cha aholisi uchun ariqni alohida ajratib berishga mutassaddi mutaxasislarni jalb qilgan holda amaliy yordam berishingizni shaxsan sizdan iltimos qilishgan edilar

  5. Fuqaro M.O’rinov va A.Halimovlar kredit olish va oylik maoshni olishga amaliy yordam berishingizni iltimos qilgan edilar

  6. F.Tursunov kop yillardan buyon avariya holatida turgan eski qishloq klubini buzib yangidan qayta qurib berilishini yangidan 120 o’rinli zamonaviy boqcha qurilishini ikkita kochaga yangidan ikki dona 160 talik transformator o’rnatib berilishini , 2,5 km qishloq yo’lini shag’allashtirilishini , 2,5 km yo’lni asfaltlashtirilish to’g’risida murojaat qilgan edilar . Oshandan buyon oradan 60 kundan ziyod vaqt o’tayotganligiga qaramasdan bildirilgan yuqoridagi masalalarning birortasiga ham mutassaddilar tomonidan e’tibor berilgan emas

Shuning uchun sizdan o’zingiz bilan sayyor qabulingizda ishtirok qilgan tashkilotlar vakillari tomonidan ular tomonidan topshiriqlarni qay darajada bajarilganligini so’rashingizni , agar ayrim sabablar tufayli kelib bajarishga vaqt topolmagan bo’lsalar , kelib o’zlariga yuklatilgan va bajarishlari lozim bo’lgan vazifalarni joyida hal qilib berishl;arini xalqimiz nomidan iltimos qilamiz .

CHorzona MFY raisi : N.Roziqov


Chorzona q/q oqsoqoli : F.Tursunov
Download 16.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling