Sellyuloza
Download 14.63 Kb.
|
SELLYULOZA
SELLYULOZA SELLYULOZA (frans. cellulose, lot. cellula — hujayra) angidro-Bglyukozalarning elementar zvenolaridan tuzilgan polisaxarid: (S6N5O5) l; poli-1,4 p-D-glyukopiranozil – D-glyukopironozadan iborat. Sellyuloza makromolekulalarida angidroglyukoza zvenolari bilan bir qatorda boshqa monosaxarid (geksozalar va pentozalar) hamda uron kislota boʻlishi mumkin. Sellyuloza, asosan, baʼzi oʻsimlik urugʻlari tukida, mas, chigit tukida (97—98%), yoyuchda (40—50%, quruq modda hisobida), kanop poya tolasi, oʻsimlik qobigʻining ichki qatlami (mas, zigʻir, ramida 80—90%, jutda 75% va h. k.), bir yillik oʻsimlik poyalari (qamish, makkajoʻxori, boshoqli oʻsimlik, kungaboqar)da 30—40% boʻladi. Toza holdagi Sellyuloza taʼmsiz, tolasimon oq modda. Sellyuloza tabiiy materiallardan Sellyuloza boʻlmagan komponentlarni parchalovchi yoki erituvchi reagentlar taʼsir ettirib ajratib olinadi. Sellyulozani ajratib olish usuli oʻsimlik materialining tarkibi va tuzilishiga bogʻliq. Paxta tolasidan Sellyulozani olishda yumshoq usul qoʻllanadi. Paxta tolasi oʻyuvchi natriy (ЫaON)ning 1,5—3% li eritmasi bilan 3—10 atm. bosimda 3-6 soat qaynatilib, oksidlovchilar bilan oqartiriladi. Mol. m. kichik boʻlgan polisaxaridlar (pentozanlar, geksozanlar, uron kislota), yogʻ va mum eritmaga oʻtadi. Sellyulozani yogʻochdan ajratib olishda (yogʻochda 40—50% S., 5—10% geksozanlar, 10 — 20% pentozanlar, 20—30% lignin, 2—5% smola va b. aralashmalar boʻlib, ular murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlganligi uchun) murakkab ishlov berish usuli yogʻoch tarashalarini sulfitli yoki sulfatli qaynatish usuli qoʻllanadi. Sulfitli qaynatish usuli yuqori sifatli qogʻoz va karton tayyorlashda, sulfatli qaynatish usuli esa buklamali (gofrirli) karton, qop qogʻozi tayyorlashda qoʻllanadi. Sellyuloza oq rangli tolali material, zichligi 1,52—1,54 g/sm3 (20°da). Kimyoviy tabiatiga koʻra, Sellyuloza koʻp atomli spirtdir. Makromolekula elementar zvenosida gidroksil guruhi boʻlganligidan Sellyuloza ishqoriy metallar va asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Sellyulozaga konsentrlangan ishqor eritmasi taʼsir ettirilganda kimyoviy reaksiyalar bilan bir qatorda fizik-kimyoviy jarayonlar ham kechadi, yaʼni Sellyuloza boʻkadi. Sellyulozaning konsentrlangan NaOH eritmasi bilan reaksiyaga kirishishidan toʻqimachilik sanoatida sunʼiy tolalar va oddiy Sellyuloza efirlari i. ch. da foydalaniladi. Yangi qimmatli texnik xossalarga ega boʻlgan Sellyuloza materiallari olishda tikilgan sopolimerlar sintezining amaliy ahamiyati muhim. Mas, polielektrolitlar (poliakril kislota, polimetil vinilpiridin) bilan tikilgan Sellyuloza sopolimerlardan ion almashingan toʻqimalar, tolalar va plyonkalar sifatida foydalanish mumkin. Sellyuloza makromolekulasining oddiy zvenosida gidroksil guruh borligi uchun ulardan oddiy va murakkab efirlar olish mumkin. Bu birikmalar qimmatli xossalarga ega boʻlganligidan, turli texnika sohalarida tolalar, plyonkalar, lok va elektr izolyatsiya krplamalari, neft va toʻqimachilik sanoatida suspenziya stabilizatorlari hamda quyultirgichlari sifatida qoʻllanadi (yana q. Sellyuloza efirlari). Download 14.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling