Sementbeton qoplamalarga qoʻyilgan talablar


RESPUBLIKA AVTOMOBIL YO'LLARINING XOLATI


Download 2.83 Mb.
bet3/3
Sana11.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1698399
1   2   3
Bog'liq
2-TOPSHIRIQ

RESPUBLIKA AVTOMOBIL YO'LLARINING XOLATI


O‘zbekiston Respublikasida mavjud avtomobil yo‘llarining uzunligi 184 000 kmni tashkil qiladi. Bular quyidagicha: Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llar–42 695 km.ni tashkil qiladi (Avtomobilь yo‘llari qo‘mitasi balansida). Shu jumladan: xalqaro ahamiyatdagi – 3 981 km, davlat ahamiyatidagi – 14 100 km, maxalliy ahamiyatdagi – 24 614 km. Respublika xududida joylashgan ko‘chalari, ichki xo‘jaliklararo yo‘llari, qishloq qo‘chalari, shaxar tipidagi qishloq ko‘chalari – 116 560 km.ni tashkil qiladi (Maxalliy hokimliklar balansida). Shu jumladan: shaxar ko‘chalari – 7 125 km, tuman markazlari ko‘chalari – 12 530 km, qishloq aholi punktlari – 49 383 km, shahar aholi punktlari – 15 456 km, xo‘jaliklararo qishloq yo‘llari–32 066 km. Yuridik tashkilotlar yo‘llari – 24 745 kmni tashkil qiladi (Yuridik shaxslar balansida).

Yo‘l-qurilish sanoati samaradorligi quyidagilar yordamida oshiriladi:

  • Yo‘l-qurilish sanoati samaradorligi quyidagilar yordamida oshiriladi:
  • yo‘l-qurilish sanoatining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash;
  • loyiha hujjatlari tarkibiga qurilish va rekonstruksiya qilish uchun zarur yo‘l-qurilish sanoati obektlarini xarid qilishni kiritish;
  • yo‘l-qurilish sanoatining yangi korxonalarini qurish va amaldagilarini rekonstruksiya qilish;
  • xorijiy kompaniyalar bilan qurilish materiallar ishlab chiqarish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va pudrat kompaniyalari qurilishini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish;
  • yo‘l-qurilish texnikasiga xizmat ko‘rsatish va uni ta'mirlash uchun zamonaviy ta'mirlash-ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.

Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
  • yo‘l qurilishini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish;
  • amaldagi transport yo‘laklarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, shuningdek quyidagilarni ta'minlaydigan yangi transport yo‘laklarini yaratish:
  • biror-bir mamlakatga qaramlikni istisno etadigan mintaqaviy va xalqaro bozorlarga eng qisqa ko‘p variantli chiqish yo‘llari;
  • qo‘shni mamlakatlar hududlarini kesib o‘tmay, respublika hududlari o‘rtasida avtotransportning samarali va to‘siqsiz harakatlanishi;
  • respublika hududlarini birlashtiruvchi strategik avtoyo‘llarning tog‘li uchastkalari bo‘yicha yo‘lovchilar va yuklarni yil davomida ishonchli tashish;
  • xalqaro transport marshrutlari va yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiya tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
  • yo‘l xo‘jaligida mablag‘larni boshqarish, moliyalashtirish va sarflashning samarali tizimini amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10 apreldagi PQ-2877-sonli qaroriga binoan Obid Adilov O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – bosh muhandis etib tayinlandi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Obid Choriyevich Adilov shu paytga qadar "O‘zavtoyo‘l" DAK boshqaruvi raisi o‘rinbosari – bosh muhandis lavozimida ishlab kelgan.
Prezidentning 2014 yil 14 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan yangi qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasiga asosan qo‘mita raisi o‘rinbosari – bosh muhandis: avtomobil yo‘llarini saqlash va ularning texnik holatini tahlil qilish, yo‘llarda tashilayotgan yuklar og‘irligi va hajmini nazorat qilish, avtomobil yo‘llarining hisobi va ularning davlat kadastri, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalariga rahbarlik qiladi.
Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling