Sementning qotish muddatlarini aniqlash


Download 336.96 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi336.96 Kb.
#1037949
1   2
Bog'liq
14-Tajriba. Sementning qotish muddatini aniqlash. Portlandsementning mustahkamligini aniqlash.





Sement massasi-……..g; Suv miqdori -…….% yoki ……sm3; Suv bilan aralashtirilganvaqti……soat….daqiqa.










Vaqt

Asbob ko‘rsatkichi,
mm



Vaqt

Asbob ko‘rsatkichi,
mm

Soat

Daqiqa

soat

daqiqa

1










6










2










7










3










8










4










9










5










10









Qotishng boshlanishi…… …daqiqa


qotishning tugashi……..soat…daqiqa
Portlandsementning egilishga va siqilishga bo‘lgan
mustahkamligini aniqlash

  • Asbob va uskunalar. Sement namuna, qolip, shibbalagich, lineyka, qorishtirgich; MII-100 asbobi, silkituvchi stol, kesik konus, suvda saqlash uchun idish, mashina moyi, tarozi toshlari.

  • Ishlash tartibi. 500 g sement va 1500 g qumolinadi. Bu materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin silkituvchi stolcha va konus shaklidagi metall qolipdan foydalanib, qorishmaning quyuqligi aniqlanadi.


1-rasm. Silkitish stolchasi
Silkituvchi stolcha cho‘yan stanina (1) dan iborat, val (2) dagi mushtcha (3) o‘q (4) ni ko‘taradi, o‘q bilan birga yotiq disk (5) va uning yuziga qoplangan 300 mm diametrli toshoyna (6) ko‘tariladi. Maxovikni aylantirganda o‘q bilan birga yotiq disk valdagi mushtchayordamida goh ko‘tariladi, goh tushadi. O‘q shu tarzda harakatlanganda stolcha 10 mm ko‘tarilib, qolip (7) ni silkitadi.
Qorishmani konussimon qolipga joylashdan oldin qolipning ichki yuzasini va shisha diskning yuzini salgina xo‘llash kerak. Qorishma qolipga ikki qatlam qilib joylanadi (qatlamlarning qalinligi bir xil bo‘lishi kerak). Har bir qatlam metall shibbalagich bilan zichlanadi. Pastki qatlam 15 marta va ustki qatlam 10 marta shibbalanishi lozim. Qorishmani joylayotganda va shibbalab zichlayotganda qolipni (konusni) shisha diskka bosib turish kerak. Qorishmaning ortiqchasi pichoq tig‘i bilan sidirib tashlanadi-da, qolip asta-sekin ko‘tariladi. So‘ngra g‘ildirakni dastasidan ushlab aylantirib turgan holda stolcha 30 sekund davomida 30 marta silkitiladi, shunda sement konus yoyiladi.

Rasm-2. Tayoqcha shakldagi namunalar tayyorlash uchun qolip.
Qorishmani joylashda qulaylik tug‘dirish uchun unga o‘rnatilgan nasadkaga mashina moyi yoki solidol suriladi. Qorishma solishga tayyorlangan qolip va nasadka titratgich vibratorga mahkam o‘rnatiladi. Titratgich konstruksiyasi har xil bo‘lsada, ammo ularning tik yo‘nalish bo‘yicha amplitudasi 0,35mm, titrash davri esa 3000 titr/min bo‘lishi kerak.
Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko‘zi 1sm aniqlikda sement qorishmasi bilan to‘lg‘aziladi, keyin avvalgi 2min davomida qorishma solib turiladi va qolip 3min titratiladi. Qolip va unga o‘rnatilgan nasadka titratgichdan olinadi va ho‘llangan pichoq bilan namuna sirti qolip qirrasi bo‘ylab tekislanadi, so‘ng har bir namuna bo‘yoq bilan nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda 24±2soat saqlanadi. Sement namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan holda suvli vannaga oralari 10-15 mm masofada teriladi. Namuna suvda 27 sutka saqlanadi. Idishdagi suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Bundan tashqari suvning harorati xona haroratidek bo‘lishi, tarkibida tuz, ishqor yoki kislota bo‘lmasligi kerak. Namuna suvda qotish muddati o‘tgandan keyin ular quruq latta bilan artiladi va 10minutdan so‘ng sinaladi.

3-rasm. Sement balkachaning egilishga sinash sxemasi.
Egilishga mustahkamlikni o‘rtacha arifmetik hisoblaganimizda sinov ko‘rsatgan 3 natijaning 2ta ko‘proq ko‘rsatkichi olinadi.Namunaning egilishga sinagandan keyin 6 yarimtalik namuna olinadi, ular har biri alohida sinab sementning siqilishga mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Buning uchun gidravlik pressning quyi 3 va yuqori 1 tagli plita orasiga o‘rnatilgan po‘lat plastinka ustiga namuna qo‘yiladi(3-rasm).
Po‘lat plastinka bir tomon rahi chiqqan bo‘ladi. Namuna o‘rnatilganda uning tekis qirralari plastinka rahiga tegib turishi, hamda namuna tushadigan kuch qorishmaning qolipga joylashish qatlami parallel bo‘lishi lozim. Namuna berilgan kuchning tezligi sekundiga 20±5kg/sm2sek oshmasligi kerak. Kuchning ortishi natijasida namuna buziladi va shu vaqtda manometr ko‘rsatgan bosim jadvalga yoziladi. Namuna buzuvchi kuch R ning qiymati manometrdagi ko‘rsatkichni gidravlik press va nasos porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo‘lib aniqlanadi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi buzuvchi kuch-R plastinka yuzasi F ga bo‘lib aniqlanadi.

4-rasm. Yarimtali tayoqcha namunani siqilishini sinash.
1-gidravlik pressning yuqori tayanchi, 2-yarimtali namuna,3-pressning quyi tayanchi,4-plastinkalar.
Download 336.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling