Suv to'siqlaridan suzib o'tish suzadigan, suv yuzasida tutib turuvchi vositalar yordamida va ularsiz, shukingdek arqon va xodalar vositasida amalga oshiriladi. Kiyim-bosh bilan vositalarsiz suzishga ham to'g'ri keladi. Bunda brass yoki yonboshlab suzish usullari ma'qul ko'riladi. Ba'zan krol usulini yaxshi egallagan suzuvchilar uncha katta bo'lmagan masofalarni shu usulda suzib o'tishlari mumkin.
Kiyim-bosh bilan suzish sportcha suzishga qaraganda past tezlikda o'tadi va tez charchatadi.
Shug'ullanuvchilar suzish usullarini to'liq, mukammal o'zlashtirib olganlaridan so'ng, ularga yoz kunlary, tabiiy suv havzalarida to'siqlardan suzib o'tish usuln o'rgatiladi.
Suv ostida suzish. Keyingi yillarda mamlakatimizda va chet ellarda suv sportining bu turi keng tarqalib, rivojlanmoqda. Chunki suzishning bu turi katta tashkiliy, ilmiy, xo'jalik va mudofaa ahamiyatiga ega. Suv ostida suzuvchi sportchilar ilmiy-tekshirish ekspedisiyalarida qatnashib, suv osti hayvonot va o'simliklar dunyosini o'rganadilar, suv havzalari tubini tadqiq qiladilar, har xil suv osti ishlarini olib borishda faol ishtirok etadilar.
Suv ostida suzishda 1-komplekt-panjalar (lastlar, ballastlar, monolast), maska yoki ko'zoynak, nafas naychasi yoki 2-komplekt-siqilgan havo joilangan suv osti apparati-akvalang ishlatiladi.
Hozirgi paytda suv ostida suzish mustaqil sport turi hisoblanadi. Bu sport turi bo'yicha Yevropa va Jahon chempionatlari o'tkazilib, suv osti sporti turlari bo'yicha rekordlar ro'yxatga olinmoqda.
Sinxron (badiiy) suzish xilma-xil statik va dinamik harakatlardan tuzilgan, individual yoki jamoa tarzda sportchi qizlar tomonidan bajariladigan mashqlardan ibooat.
Musobaqa dasturiga individual, juft va gurux chiqishlar kiradi. Musobaqa qatnashchilarining xammasi dastavval beshta mashqdan iborat majburiy dasturni bajarishadi. Bu shakllarni musobaqa nizomiga muvofiq xakamlar jamoasi tanlanadi.
Chiqishlar 10 balli shkala bo'yicha baholanadi. Har bir mashq 1, 5 dan 2, 1 ballgacha murakkablik koeffisiyentiga ega. Istalgan dastur bo'yicha chiqishlar musika jo'rligida bajariladi. Bunga 3 minutdan 5 minutgacha vaqt ajratilib, shu hisobdan qirg'oqda 20 sekund davomida harakat bajarish mumkin.
Istalgan dasturda chiqishlarni baholashda bajariladigan mashq texnikasidan tashqari harakatlarning musika bilan uyg'unligi va ta'sirchanligi ham xisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |