Seminar №1 uchun topshiriq. Savollarga javob bering


Download 23.47 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi23.47 Kb.
#204914
  1   2   3
Bog'liq
Seminar № 1 docx


Seminar № 1 uchun topshiriq.

Savollarga javob bering
1.“Paxta ishi’’, “o‘zbeklar ishi’’ va uning oqibatlari haqida ma’lumot bering?

Javob: xx-asr 80-yillarida ,,paxta ishi’’ , ,,o‘zbek ishi ’’ degan uydirmalar paydo bo‘ldi va o‘zbek xalqiga nisbatan bu siyosat amalga oshirildi. Paxtani pilanlari oshib borar ahvol tobora og’irlashar va paxta planlarini bajarishni iloji bo’lmay qoldi qo’shib yozish va poraxo’rlik kabi illatlar avj olib ketti. O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligini, shu sohada band bo‘lganaholining ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini ham nihoyatda og‘irlashtirib yubordi. O‘rta

Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining “Paxta” xomashyo kompleksi atrofida rivojlantirishi XX asrning 80- yillarda o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlagan edi.

2.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi?

Javob: I.Karimov xalq hohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 28 oktyabrda Respublika Oliy Kengashida O‘zbekistonning davlat tili haqida qonuni qabul qilindi. Respublikadagi barcha rasmiy xujjatlar o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi

3.1990 yil 24 martda Prezidentlik institutining joriy etilishi haqida?

Javob: 1990 yil boshida O‘zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko‘tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi.

Alohida shuni ta’kidlash kerakki, o‘sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha muassasalarni nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.

SHu ob’ektiv holatni hisobga olib, 1990 yil 24 martda O‘zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekistonning Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil kadamlaridan ikkinchisi edi.

4.I.A.Karimovning – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti etib saylanishi?

Javob: O‘zbekiston Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi, ya’ni Oliy lavozimga ikki nomzod- O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va “erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov ( Muhammad Solix ) nomzodi qo‘yildi.

Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning (86%) I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abdug‘anievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. I.Karimov O‘zbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi.

5.1991 yil avgust voqealari va SSSRning inqirozga uchrashi?

Javob: 1991 yil avgust oyiga kelip SSSRda ahvol og’irlashib muammolar yechimlarini topish o’ta mushkul bulib qoldi shu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust kunlari Moskivada davlat tuntarilishi qilishga urinib ko’rildi favqulotda holatda davlat qo’mitasi tuzilib SSSR prezzidenti M. Gorbachev zo’ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi.




Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling