Seminar Badiy asar kompozitsiyasi tahlili Reja


Download 7.22 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi7.22 Kb.
#1181489
Bog'liq
Seminar Badiy asar kompozitsiyasi tahlili Reja Kompozitsiya haqi-fayllar.org


Seminar Badiy asar kompozitsiyasi tahlili Reja Kompozitsiya haqida tushuncha. Badiiy asar kompozitsiyasining o’ziga xosligi. Kompozitsiya vositalari. Syujet va kompozitsiya munosabati

Seminar 6. Badiy asar kompozitsiyasi tahlili Reja 1. Kompozitsiya haqida tushuncha. 2. Badiiy asar kompozitsiyasining o’ziga xosligi. 3. Kompozitsiya vositalari. 4. Syujet va kompozitsiya munosabati.


  • Badiiy asardagi shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi. Kompozitsiya (lat., tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o‘zi bo‘lmaydi, zero, har bir unsur asar butunligida o‘zining funksiyasiga ega bo‘ladi, muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Avvalo, kompozitsiyaning katta qismini syujet tashkil qilishini ta’kidlash joiz. Shu bilan birga, badiiy asar faqat voqealar tizimidangina iborat emas, unda rivoya, tafsilotlar, peyzaj, portret, interer, lirik chekinish, qistirma epizod kabi syujetdan tashqari qator unsurlar ham mavjud.

  • Badiiy asarning tuzilishi, tashkil topishida yozuvchy ilgari surmoqchi bo‘lgan fikr, g‘oya asosiy kuch hisoblanadi. Badiiy asarlarda har bir bob, boblardagi har bir manzara ham o‘z markaziga ega bo‘ladn. Ana shunday holdagina adabiy asar zarur izchillikka ega bo‘lishi mumkin. Kompozitsiyaning yana muhim masalalaridan biri muvofiqlikdir. Bu erda ayrim tafsilotlar, epizodlar va manzaralarning voqealar tasviri va obrazlarning asar markaziga, yozuvchi maqsadiga muvofiqligi ko‘zda tutiladi. Badiiy asar kompozitsiyasi, avvalo mazmunning, poetik g‘oyaning aniqligi, realligi, estetikligi va shu poetik g‘oyaga nisbatan qismlarnng, obrazlarning joy-joyiga qo‘yilishi va ularning asardagi muvofiqlik qoidasiga binoan tasvir me’yoridan iboratdir.

  • Lirik chekinish. Adabiy asarda yozuvchining bevosita o‘z fikr-tuyg‘ularini ifodalashi lirik chekinish deb ataladi. Bunday chekinishlar, asosan, epik asarlarda bo‘ladi, lirik asarlar esa butunicha shoir kechinmalarining ifodasi hisoblanadi. Lirik chekinish turli-tuman kompozitsion vazifani bajaradi. Qo‘pincha yozuvchilar lirik chekinish yordamiaa personajlarling ishlari, xulq-atvorlari, xarakterlariga beradigan o‘z baholarini aniq-ravshan ifodalashga va kitobxon ongiga singdirishga erishadilar.

  • Kiritma voqea. Adabiy asardagi asosiy voqealar tizmasiga bevosita aloqador bo‘lmagan, lekin muayyan g‘oyaviy maqsadga bo‘ysundirilgan epizodlar kiritma voqealar deb ataladi. Ular ko‘pincha asarga mazmunni chuqurlashtirish, xarakterlar rivojini dalillash va ifodalanayotgan g‘oya kitobxonga aniqroq etib borishini ta’minlash maqsadida kiritiladi.

  • Badiiy qoliplash. Ayrim hodisalar va xarakterlar mohiyatini kitobxon ko‘z o‘ngida yaqqolroq ochib berish maqsadida yozuvchilar ba’zan badiiy qoliplash vositasidan foydalanadilar. Tasvirlanayotgan xarakterlar va hodisalar mohiyatini yaqqolroq ochish maqsadida ularga yaqin manzaralarva voqealar chizilishi badiiy qoliplash deb ataladi. Ayrim asarlarda badiiy qoliplash asosiy qahramonning mohiyatini kitobxon ko‘z o‘ngida chuqurroq ochishga xizmat qiladi. Masalan, yozuvchi o‘tkir Hoshimovning «Bahor qaytmaydi» qissasi boshlarida Qonqus jarligi haqidagi afsona beriladi. Afsona asar qahramonlaridan Anvar bilan Muqaddamaning suhbati tarzida keltiriladi. Bunday qoliplash vositasida muallif asosiy qahramon xarakteri va fojiasining mohiyatini chuqurroq, ta’sirchanroq ochib berishga erishadi.

  • Epigraf. Ba’zan yozuvchilar asarni yoki uning qismlarini boshlashda boshqa asarlardan, hikmatli so‘zlardan, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan qisqa-qisqa parchalar keltiradilar. U parchalar epigraf deb ataladi. Xuddi asar sarlavhasi kabi epigraflarda ham uning mavzui va g‘oyaviy yo‘nalishiga ma’lum darajada ishora qilib o‘tiladi. (Masalan, A.Qahhor «O‘g‘ri» hikoyasi «Otning o‘limi — itning bayrami») Epigraf asar g‘oyasini, unda tasvirlangan voqealarni kitobxon aniqroq va to‘liqroq tushunishiga yordam beradi.

  • Portret. Adabiy asarlarda qahramonlar mohiyatini, xarakterlarini ochishda yozuvchilar ularning tashqi qiyofalariga, ya’ni portretlariga jiddiy e’tibor beradilar. Ko‘pincha qahramonlar portreti ularning tashqi ko‘rinishlaridagi belgilarini jamlash yo‘li bilan yaratiladi. Portret chizishning turli-tuman yo‘llaridan har bir yozuvchi o‘z uslubi, g‘oyaviy maqsadiga muvofiq holda foydalanadi. Mahorat bilan chizilgan portret insonning to‘laqonli obrazini yaratish, ruhiy dunyosini chuqurroq ochish vositasiga aylanadi. Misol uchun: D.Defoning “Robinzon Kuruzo” asari bosilib chiqqandan buyon qariyib ikki yarim asrdan ko‘p vaqt bo‘ldi. Ammo hanuzgacha Robinzon obrazi va uning mohirona portereti o‘quvchida kuchli badiiy zavq uyg‘ota olmoqda

  • Peyzaj. Tabiat manzaralari tasviriy adabiyotda peyzaj deb Yuritiladi. Peyzaj adabiy asarda muayyai g‘oyaviy-kompozitsion vazifani bajaradi. Peyzaj yordamida yozuvchilar xarakterlarni harakatda, doimiy o‘zgarishda ko‘rsatadilar. Badiiy asarda peyzajning qo‘llanish yo‘llari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular yozuvchi uslubi va asar janri bilan belgilanadi. Tabiat manzarasi tasvirlangan turli xildagi maqsad kuzatiladi. U goh voqea sodir bo‘lgan vaqtni bildiradi, goh ahramonlar kayfiyatini ochishga yordam beradi, goh asarvoqealarini bir-biri bilan bog‘lash vazifasini o‘taydi. Peyzaj ko‘p o‘rinda muallifga o‘z fikrlarini yakunlash uchun ham kerak bo‘ladi. Peyzaj mahorat bilan chizilib, o‘z o‘rnida foydalanilganda, asar g‘oyasini ochishda, to‘laqonli xarakterlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

  • Detal. Yozuvchi ba’zan asarni bir kichik detal asosiga quradi. o‘sha detal asardagi barcha voqealarni bog‘lab turuvchi, muallif g‘oyasini ochishga xizmat etuvchi vosita vazifasini bajaradi. Detallar nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Detal muallif yo personaj nutqida, peyzaj, portret va boshqalar tasviri davomida berilishi mumkin. Lekin uning ahamiyati, albatta, asar g‘oyasini ochishdagi vazifasi obrazlarni xarakterlashdagi xizmati bilan belgilanadi. Abdulla Qahhorning «Anor» hikoyasidagi hodisa – anor detali bilan bog‘liq mojaro bir qarashda juda jo‘n, oddiy bo‘lib tuyuladi. Agar anor mojarosini asardan, hikoyada aks etgan davrdan ajratib olib qaralsa, u hech qanday ahamiyat kasb etmay qolishi ham mumkin. YOzuvchining mahorati shundaki, u ana shu ahamiyatsiz bo‘lib ko‘ringan detaldan katta haqiqatni ifodalash, asar g‘oyasini ochish uchun vosita sifatida foydalana olgan. Xullas, bu detal mojarolarni keltirib chiqarish, asar vokeasini. rivojlantirish hamda dalillash, nihoyat, hayot haqiqatini va hikoya g‘oyasini ifoda etish uchun muvofiq vosita xizmatini o‘tagan.

E’tiboringiz uchun rahmat!

207A-guruh talabasi

Norimbatova Go’zal



http://fayllar.org
Download 7.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling