Seminar mashg’uloti mavzu: O’qituvchining kommunikativ qobiliyati. 2-soat reja
O’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatishda o’qituvchi amal qiladigan qoidalar
Download 21.73 Kb.
|
4-SEMINAR MASHG\'ULOT
O’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatishda o’qituvchi amal qiladigan qoidalar1.Tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi; 2.Tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog’liq hodisa ekanligi; O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari.O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.Asosiy adabiyotlar 1. Abdullaeva Sh., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. -T: Fan va axborot texnologiyalari, 2019. -280 b. 2. Xodjaev B.X., Umumiy pedagogika. Darslik.–Toshkent, “Sano-standart”, 2017 y.434 b. 3. Mavlonova R. va boshqalar. Umumiy pedagogika//darslik. –T.: 2016 y. - 538 b. 4. Umarova M. Teoriya i istoriya pedagogiki. Uchebnoe posobie. – T.: “Izdatelsko-poligrafichkskiy dom imeni Chulpana”, 2018 g., -348 b. Qo`shimcha adabiyotlar: 1. Ataeva N. va boshqalar. Umumiy Pedagogika. Darslik//-T.: Fan va texnologiya nashiriѐti, 2013 y., -862 b. Download 21.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling