Seminar mashg’ulotlari 1-seminar mashg’ulot: Tilshunoslik fanining o’rganish obekti. Tilning paydo bo’lishi
Download 46.92 Kb.
|
SEMINAR MASHG
2. Morfemika.
Morfemika so‘zning eng kichik ma’noli qismlari haqidagi ta’-limotdir. By kichik kismlar morfema- lardir: ishla, hayda so‘zlaridagi -la va -da umumiy tarzda morfema deyiladi. Har bir ko‘rinish esa morf sanaladi. Morfema morflar yig‘indisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: to‘zg‘i-to‘zi (-g‘i va -i), qo‘zg‘a va to‘zg‘i (-g‘a va -g‘i), to‘zidi-to‘zg‘idi-to‘zg‘oq, to‘zi va to‘z, qo‘zi va qo‘z, qazi va qaz, kuchuk uvladi-bo‘ri ulidi (uv va u, -la va -li). Morfema tarkibiga ko‘ra fonemalar kompleksidan, ba’zan bir fonemadan iborat bo‘ladi, bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma’no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamoq va iskamoq fe’llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funksiyasi bir xil, demak, bular sinonim affikslardir. Morfemalar vazifasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so‘z yasovchi affikslar (derivatsion) va so‘z o‘zgartuvchilar (relyasion) tusidagi tasnifi shu holatga asoslanadi: temir+chi – temir+ni – temir+ga. Bunda –ni, -ga affikslari sintaktik vazifani bajaradi. YOki uzum – uzum+chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma’nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funksiyani bajaradi. Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildagi so‘z yasash modellari asosida yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak-negiz) +chi affiksi (kran+chi), ot+soz (samolyotsoz); sifatning ma’lum turlarini yasashning modellarn: ot+li (bolali), fe’l+q (ochiq); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot+ot (non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat), sifat+ot (ko‘k qarg‘a); abstrakt ma’noli otlarning yasalish modellari: sifat+lik (yaxshilik, kattalik), ravish+lik (tezlik); natija otlarining yasalish modellari: fe’l+m (to‘plam, bog‘lam), fe’l+n (tugun, bo‘g‘in) va b. Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi va bu yasalish ma’lum modelga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor: yasashga asos bo‘lgan so‘z va yasalib chiqqan so‘z (o‘zak yoki negiz). Yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan bog‘langan bo‘ladi: bularning aloqasi so‘z yasash munosabati sanaladi. Bu elementlar orasidagi semantik aloqa sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash munosabati bo‘lmaydi, yasama so‘z tub so‘zga aylanadi (soddalanish hodisasi). So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va semantik munosabatlarning yig‘indisini tushunamiz. YAsama so‘zning ma’nosi yasovchi so‘zning ma’nosiga asoslanadi: O‘roq yasalmasining ma’nosi o‘rish harakati bilan asoslanadi (motivlanadi). Shunga ko‘ra: birinchi element asoslovchi (motivlovchi), ikkinchi element asoslanuvchi (motivlanuvchi), ikkala elementning orasidagi munosabat motivatsiya (motivlash, asoslash) munosabati sanaladi. Demak, «motivlangan» so‘zi «yasalgan» degan ma’noni talqin qiladi. Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligi- dan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar: tuz, suv, taramoq, oq – tuzluq (tuz orqali anglanadi), suvchi (suv orqali), taroq (tarash harakati orqali), oqarmoq (rang-tus orqali). Quyidagi tara→taroq→ taroqchi→taroqchilik yasalishlari birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi yasalishlardan iborat. «Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir jarayonni ko‘zda tutadi yaxshilik (yaxshi – yasovchi so‘z, yaxshilik – yasalma). Bu affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+ affiks: no-tinchlik. Bunda affiks derivator sanaladi.
Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling