Seminar mavzusi : madaniyat va san’at muassasalari moliyasi funksiyasi, vazifalari va uning xususiyatlari. Seminar rejasi


Download 19.46 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi19.46 Kb.
#1618435
  1   2   3
Bog'liq
SEMINAR MAVZUSI


SEMINAR MAVZUSI : MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARI MOLIYASI FUNKSIYASI, VAZIFALARI VA UNING XUSUSIYATLARI. SEMINAR REJASI:
1.Madaniyat va san’at muassasalari moliyasining iqtisodiy mohiyati va uning funksiyasi hamda asosiy vazifalari
2.Madaniyat va san’at muassasalari moliyasini direktiv va bozor munosabatlari sharoitidagi nodirektiv xarakterdagi boshqarish usullari
3.Tijorat asosida faoliyat yurituvchi madaniyat va san’at muassasalari tashkilotlari faoliyati
4.Madaniyat va san’at muassasalarini notijorat faoliyatga asoslangan muassasalar va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari
XULOSA VA TAKLIFLAR
SEMINAR MAQSADI: madaniy faoliyat va uning doirasida yuritiladigan maqsad va vazifalar, vakolatlar, huquq va majburiyatlar aniq ifodalash, tushuntirish.
Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 20-yanvar kuni “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida” 668-sonli Qonun imzolandi. Qayd etish joiz, ushbu hujjatda madaniy faoliyat va uning doirasida yuritiladigan maqsad va vazifalar, vakolatlar, huquq va majburiyatlar aniq ifodalandi. Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, mahalliy hokimliklarning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlari hamda vazifalari aniq ajratilgan holda belgilandi.
Qonunning “Asosiy tushunchalar” nomli bobida “ijodkor”, “ijodiy jamoa”, “ijodiy faoliyat”, “madaniy tadbirlar”, “madaniy tadbir tashkilotchisi”, “madaniyat xodimi” singari tushunchalarga atroflicha yuridik taʼrif berildi. Maʼlumki, madaniy faoliyat sohasida oʻtkazilgan turli tekshiruvlar jarayonida soha faoliyatiga tegishli xodimlarning mehnat faoliyatini toʻgʻri baholash bilan bogʻliq tushunmovchiliklar va noaniqliklar mavjud boʻlib, sohaning aniq maqsadlarini belgilash borasida qiyinchiliklar yuz bergan. Endilikda qonun bilan belgilab qoʻyilgan vakolatlar taʼrifi madaniy sohaga nisbatan huquqiy munosabatning obyektivlashuvini taʼminlab berishga xizmat qiladi.
Madaniy faoliyatda sanʼat sohasining koʻplab yoʻnalishlarini toʻliq qamrash, ularning faoliyatini toʻgʻri baholash maqsadida soha mutaxassislarining maslahat organi boʻlgan tarmoq badiiy kengashlarini tuzishga muhtojlik mavjud.
Endilikda tasarrufida madaniyat tashkilotlari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, madaniyat tashkilotlari tomonidan teatr, musiqa va konsert faoliyati, sirk sanʼati va tasviriy sanʼat, arxitektura va dizayn boʻyicha tarmoq badiiy kengashlarini tashkil etish huquqi qonun bilan mustahkamlandi. Tarmoqlarga oid badiiy kengashlar tarkibiga, qoida tariqasida, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillari kirishi mumkin ekanligi toʻgʻrisidagi qonuniy norma kiritildi. Shuningdek, fuqarolar va ijodkorlarning madaniy faoliyat sohasidagi mulk huquqi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, ijod natijalarini olib chiqish va olib kirish huquqi, ularning oʻziga xos xususiyatlari qonunda koʻrsatib qoʻyildi.
Mazkur Qonunda Madaniyat vazirligiga davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlarni joriy etish masalalari ham koʻtarildi. Madaniyat va sanʼat muassasalarining tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik asosida berilishi byudjet xarajatlarining kamayishi, yangi ish oʻrinlarining yaratilishi, madaniy obyektlar moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi, madaniy xizmat koʻrsatish xizmati sifatining oshishini taʼminlashga zamin yaratadi. Qonunda ommaviy-madaniy tadbirlar tushunchasiga aniqlik kiritilgan. Ushbu tadbirlarni oʻtkazish tartibi, yongʻin xavfsizligi, tez tibbiy yorda koʻrsatish, tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash shartlari aniq koʻrsatib berilgan. Madaniy faoliyat sohasining oʻziga xos yana bir koʻrinishi — ijodiy buyurtmadir.
Qonunchilikka ilk bor kiritilayotgan ushbu tushunchaga atroflicha yuridik taʼrif berilgan boʻlib, ijodkorlarning bu boradagi faoliyati buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan. Shu bilan birga, ijodiy buyurtmani bajarganlik uchun ijodiy jamoalarga yoki ijodkorlarga mualliflik haqini toʻlash miqdori va tartibi qonun bilan belgilab qoʻyildi. Madaniyat markazlari, milliy madaniy markazlar, teatr, sirk, konsert tashkilotlari kabi madaniy tashkilotlarning har biriga taʼrif berilib, ularning birbiridan farqi, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda vazifalari, madaniy faoliyatda, shu jumladan, repertuar tanlashda mustaqil ekani koʻrsatib oʻtildi.
Qonunda ilk bora madaniyat muassasalariga va tashkilotlarga madaniyat hamda sanʼat sohasida erishgan yutuqlari uchun “milliy” yoki “akademik” maqomini berish tartibi ham belgilandi. Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Milliy” yoki “Akademik” maqomi berilishi mumkin. Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarining attestatsiyasi ular asosiy faoliyatining samaradorligini baholash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularning tuzilmalarini tartibga solish maqsadida uch yilda bir marta oʻtkazilishi qonun bilan belgilandi.
Qonunda koʻrsatilishiga koʻra, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda madaniyatni rivojlantirish, madaniyat tashkilotlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholining estetik ehtiyojlarini qanoatlantirish va aholiga koʻrsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha ishlarga davlat tomonidan ustuvor ahamiyat beriladi. Xalq ijodiyoti, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati, Oʻzbekiston xalq oʻyinlari jumlasiga kiruvchi madaniyat obyektlari qonun darajasida mustahkamlandi. Qonun bilan fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning madaniy faoliyat sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilandi. Madaniyat yutuqlaridan foydalanish va jamiyatning madaniy hayotida ishtirok etish, ijodiy jamoalar tarkibida yoki mustaqil ravishda, kasbiy yoki nokasbiy (havaskorlik) asosda ijodiy faoliyat bilan shugʻullanish, oʻz ehtiyojlariga, manfaatlari va qobiliyatiga (imkoniyatlariga) muvofiq madaniy faoliyat yoʻnalishlarini erkin tanlash, oʻz mulkida turgan madaniy boyliklarga qonunchilikda belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, madaniy-ommaviy tadbirlar jarayonida qonunchilikda taqiqlanmagan turli ramzlardan va oʻz fikrini oshkora ifoda etishning boshqa vositalaridan foydalanish kabilar shular jumlasidan. Shu bilan birga, Qonun bilan yurtimizda yashovchi boshqa millatlar va elatlarning milliy madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini saqlash hamda rivojlantirish, oʻz madaniy va tarixiy muhitini tiklash huquqi kafolatlanmoqda.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziya olishning talab va shartlari belgilanyapti. Bir soʻz bilan aytganda, mazkur Qonun sohani tartibga solishga qaratilgan hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bilan birga, sohadagi huquqiy-normativ boʻshliqning bartaraf etilishini taʼminlaydi. Shuningdek, madaniyat tashkilotlari yuritayotgan faoliyat maydoni kengayib, koʻrsatilayotgan xizmat sifati yaxshilanadi.

Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling