Semiotika (yun semiotikos belgilar haqidagi taʼlimot), semiologiya 1)
Download 123,55 Kb. Pdf ko'rish
|
Semiotika - Vikipediya
Semiotika Semiotika (yun. semiotikos — belgilar haqidagi taʼlimot), semiologiya — 1) axborot, maʼlumotlarni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan belgilar va belgi tizimlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadigan fan sohasi; 2) u yoki bu obyektning bir maʼnodagi S. nuqtai nazaridan oʻrganiladigan tizimi (mas, muayyan film yoki badiiy asar S.si, muayyan xalqdagi muomala-murojaat S.si va boshqalar). Lingvistik S.dagi asosiy tushuncha lisoniy belgi boʻlib, u muayyan matnlardagi va muomala vaziyatidagi shakl va mazmunning dialektik birligi sifatida namoyon boʻladi. Belgi oʻzi shartli ravishda aloqador boʻlgan narsa haqida muayyan jamiyat vakillariga xabar beradi. Belgilarning eng muhim va murakkab tizimi tilshunoslik oʻrganadigan tildir. Belgi tizimlari tabiiy (inson tili, xayvonlarning belgi tizimlari) va sunʼiy (yasama, sunʼiy tillar, dasturlash tili, fizika, kimyo, matematika va mantiqdagi ramzlar tizimi) boʻladi. Belgilar va belgi tizimlarini oʻrganishda sintaktika, semantika va pragmatika oʻzaro ajratiladi. Sintaktika nutq zanjirida yoki muayyan matnda ketma-ket, izchil qoʻllanadigan til birliklari oʻrtasidagi oʻziga xos munosabatlarni oʻrganadi. Semantika belgilarning ular ifodalaydigan obʼyektlar bilan munosabatini oʻrganadi. Pragmatika esa belgilar, ular ifodalaydigan obʼyektlar hamda belgilar tizimidan foydalanuvchilar oʻrtasidagi munosabatni oʻrganadi. S.ning "belgilar haqidagi fan" sifatida umumiy kridalari, xususiyatlari dastlab amerikalik mantiqshunos Ch.S. Pirs va shveysariyalik tilshunos F. de Sossyur asarlarida bir vaqtning oʻzida va mustaqil ravishda qayd etilgan. Ushbu tushuncha uchun Ch.S. Pirs "S." terminini. F. de Sossyur esa "semiologiya" terminini, qoʻllagan. S. gʻoyasi keyinchalik amerikalik faylasuf Ch. U. Morris tomonidan tartibga solinib rivojlantirildi. Bir qancha yevropa va rus olimlari ham S.ning rivojiga hissa qoʻshganlar. Falsafiy fanlardan hisoblanadigan umumiy S. va maxsus semiotik fanlar, jumladan, til S.si (glottosemiotika yoki lingvosemiotika) farqlanadi. S. taraqqiyoti funksional struktur tilshunoslik taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliqdir . S. muammolarini ishlab chiqish matematik mantiq, matematik lingvistika, informatika va boshqa uchun ham muhim ahamiyatga ega. Stepanov Yu. S, Semiotika, M., 1971. Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev. [1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Adabiyot Manbalar Bu sahifa oxirgi marta 19-Dekabr 2022, 09:55 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Semiotika&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Semiotika&oldid=3503155" dan olindi Download 123,55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling