Semizlik sabablari, tasnifi, klinikasi, xavf omillari, tashxislash, davolash, asoratlari


Download 34.44 Kb.
bet5/5
Sana08.03.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1251650
1   2   3   4   5
Bog'liq
SEMIZLIK

Semizlikda ovqatlanish
Semizlik paytida ovqatlanish keragidan ortiq ko‘payadi, ovqatlanish tartibini korreksiya qilish semizlik bilan kurashishning eng samarali yo‘lidir. Bunda diyeta kunlik ratsion tarkibida qabul qilinishi qiyin bo‘lgan yog‘larni kamaytirish, ayrim oqsillar, tuz iste’molini kamaytirish yo‘li bilan olib boriladi. Semizlik bilan aziyat chekayotgan insonlar uchun eng samarali ratsiondan biri kam kamdan kuniga 5-6 marta ovqatlanish tartibiga o‘tish hisoblanadi. Ovqatni bug‘da yoki qaynatib pishirilgan holda, tuzlar va ta’m beruvchi ziravorlardan foydalanmagan ko‘rinishda iste’mol qilish kerak.
Oq non, un mahsulotlari, shakar va kartoshkani kamaytirish zarur. Agar nonsiz ovqatlana olmasangiz qora non iste’mol qilgan yaxshi, shunda ham kuniga 300 gr dan ko‘p bo‘lmagan holda. 3 va 4 darajali semizlikda un mahsulotlari, makaron, non va har qanday shirinliklar iste’mol qilishdan tiyilish kerak. Ovqat ratsionida kartoshkadan tashqari mevalar va sabzavotlar bo‘lishi lozim. Salatlar tayyorlaganda oz miqdorda o‘simlik moylaridan foydalangan ma’qul. Yog‘larni ovqat tarkibidan butunlay chiqarib tashlash kerak emas, kuni 50-70 gr.dan oshmasa bo‘lgani. Xolesterin saqlovchi mahsulotlarni umuman iste’mol qilish kerak emas.
Agar diyeta va jismoniy aktivlikni bir vaqtda olib borilsa muolajaning samarasini qisqa vaqt ichida ko‘rsa bo‘ladi.


Semizlikni oldini olish
Barcha kasalliklar kabi semizlikni ham davolagandan ko‘ra oldini olgan yaxshiroq. Semizlik profilaktikasi o‘z ichiga muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya etish, ovqat ratsioni tarkibida kletchatka va vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi talab etiladi.
Semizlik bilan kurashish – uzoq muddat, sabr va iroda talab etadigan jarayondir. Ko‘pchilik semizlikka qarshi kurashishda erta taslim bo‘lishadi, bunday vaqtda yaqinlar ko‘magi va shifokorlar maslahati katta ahamiyat kasb etadi, to‘gri tanlangan muolaja va choralar bemor odamga yordam berib o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Vaqt o‘tishi bilan inson sog‘lom turmush tarziga o‘rganib qoladi va bu odat tusiga aylandi. Doimo sog‘ bo‘ling!
SEMIZLIKNING TIBBIY MUOLAJASI
Dori-darmonlar, qoida tariqasida, faqat qisqa muddatli yaxshilanishga erishish imkonini beradi, ammo doimiy va uzoq muddatli ta’sirga ega emas. Agar dorilar bilan davolash kursini tugatgandan keyin bemor o’zining turmush tarzini o’zgartirmasa va parhezli tavsiyalariga amal qilmasa, tana vazni yana ortadi. Ehtimol, bu ortiqcha tana massasi gipotalamusda tiklanmas yallig’lanish jarayonlarini keltirib chiqarishi, bu esa yog’ to’qimalarini tartibga solishni vazifasini buzishi sabablidir. Har bir dori shifokor tomonidan individual tarzda buyuriladi:
Fentermin (adipeks-P, fastin, ionamin — amfetamin guruhi) — ishtahani kamaytiradigan neyromediator noradrenalin sifatida ta’sir ko’rsatadi. Asabiylik, bosh og’rig’i va uyqusizlikka olib kelishi mumkin.
Orlistat (ksenical) — pankreatik lipaza ingibitori, yog’ so’rilishini taxminan 30% ga kamaytiradi, ochlik hissini bostirmaydi, biroq axlat ushlab tura olmaslikni chaqirishi mumkin.
Sibutramin (meridia) — serotonin va noradrenalin qayta ushlanishi ingibitori. Preparat gipotalamusda joylashgan to’qlik va termogenez markazlariga ta’sir ko’rsatadi. Preparat nazoratsiz arterial gipertoniyali bemorlarga qarshi ko’rsatmaga ega!
Fluoksetin (prozak) — antidepressant, ishtahani bostirish uchun ba’zi mutaxassislar tomonidan ishlatiladi, lekin uzoq muddatli samarasi haqida hech qanday ma’lumot yo’q.
Lorkaserin (belvik) — 5-HT2C retseptorlari agonisti, ishtahani bostiradi.
Bupropion (velbutrin, ziban) — noradrenalin va dofamin qayta ushlanishi ingibitori, ishtahani bostiradi.
Kofein va efedrin birlashmasi — simpatomimetik, alfa va beta-adrenoretseptorlarni, noradrenalin ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. U semizlikni davolash uchun Daniyada keng tarqalgan.
Topiramat — antiepileptik preparat, tana vaznini noma’lum mexanizm orqali kamaytiradi.
Naltrekson — opioid retseptorlari antagonisti, mazali taomga intilishni bostiradi.
Liraglutid (viktoza, saksenda) GSP-1 retseptorlari agonisti. Ehtimol, leptin (to’qlik gormoni) ning ta’sirini uning eruvchan retseptorlari bostirilishi orqali kuchaytiradi.
Ozish uchun mavjud dorilarning ko’pligiga qaramay, ularning deyarli barchasi AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan jiddiy nojo’ya ta’siri tufayli taqiqlangan. Ayni paytda ularning beshtasi tasdiqlangan: orlistat, lorkaserin, fentermine-topiramat, bupropion-naltrekson va liraglutid.
Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling