Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!
Download 21.72 Kb.
|
SEN BARIBIR MUQADDASSAN
“SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!” 8 mart kuni dunyoning qator davlatlarida bayram sifatida nishonlanadi. Jumladan, O‘zbekiston hududida ham. bu kunning tarixi haqida turli-tuman taxminlar, mishmishlar va afsonalar yuradi. o‘tmishga nazar solsak, 8 mart haqida hali biz eshitmagan ma’lumotlar talaygina ekanligiga guvoh bo‘lamiz. 1) 1914 yil boshida Xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta rasmiy bayram sifatida kiritildi. 2) 1909 yilning 28 fevral kuni AQSH ilk bor Ayollar kunini nishonladi. 3) 1911 yilda Daniya, Avstriya, Shveysariya va Germaniya Ayollar kunini nishonlashdi boshladi. 4) 1913 yildan e’tiboran Xalqaro ayollar kuni 8 martga ko‘chirildi. 5) Avval bu bayram 23 fevralda nishonlangan. 6) 2000 yildan boshlab dunyoning aksari davlatlarida Xalqaro ayollar kuni rasmiy bayram sifatida qabul qilindi. 7) Avstraliyada ilk bor bu bayram 1911 yilning 19 martida nishonlangan. 8) Aynan shu kuni jahonda ilk bor ayollarning norozilik namoyishlari va mitingi boshlandi. 9) 1956 yildan e’tiboran ushbu sana dam olish kuni deya tasdiqlandi. 10) Qadimgi Rimda ham bu bayram nishonlangani haqida ma’lumotlar mavjud. 11) Bu bayramni jahonning 31 ta davlati rasmiy ravishda nishonlaydi. 12) 8 mart Suriyada “Revolyutsiya kuni” sifatida nishonlanadi. 13) 1910 yil Daniyaning Kopengagen shahrida Klara Setkin ushbu kunni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlashni taklif qilib chiqdi. 14) Bu kun Armanistonda “Onalar kuni” sifatida bayram qilinadi. 15) 1914 yildan boshlabgina 8 martni bayram sifatida rasmiy qabul qilingan. 16) Statistikaga ko‘ra, 100 nafar odamdan faqat 4 nafari ushbu bayramni restoranda nishonlashni istaydi. 17) “8 mart” degan atir faqat sobiq ittifoqda bo‘lgan. 18) Daniyaning Kopingagen shahri ushbu bayram asoschisi deya e’tirof etildi 19) 1702 yilning 8 martida Anna Buyuk Britaniyaning qirolichasi bo‘lgan bo‘lsa, 1728 yilning shu kunida Petr II Rossiya imperiyasining taxtiga keldi. 20) 1968 yilda Yangi Zelandiya ushbu kunni bir yilda 4 marta nishonladi 8 mart hammamizning qon-qonimizga singishga ulgurgan "ajoyib" kun. Nega?
Bu bayram 1911 yildan e'tiboran, Germaniyalik feministlar rahbari yahudiy ayol Klara Tsetkin tashabbusi bilan "Xalqaro xotin-qizlar kuni" kuni deb e'tirof etilgan. Feministlar - Evropada ayollarning haq-huquqlari uchun kurashuvchi harakat bo'lib, uning a'zolari asosan fohishalardan(!) iborat edi. Ular fohishaxonalardagi ayollarning xo'rlanishi, kaltaklanishi va ayanchli ahvolidan norozilik bildirib, o'z muammolariga mutasaddilarning e'tibor berishini talab qilib namoyishga chiqqanlar. Ularning erishgan yutuqlari bizlarga muslimalarga nimalar berdi? Aslida ular talab qilib chiqgan ayollar haq-huquqlari ularga ko'rsatilajak izzat Islomda 14 asr ilgari tayinlangan edi: “Biz insonga ota-onasini (ya'ni ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo'ldi (ya'ni qornidagi homila kattargan sari onaning holi qurib, zaiflasha borur) uni (ko'krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki), ≪Sen Menga va ota-onangga shukur qilgin! Yolg'iz O'zimga qaytajaksan!” (Luqmon:14) “Homilador ayolga kunduzi ro'za tutib, kechasi namoz o'qiydigan va Alloh yo'lida jang qiluvchi mujohid savobi yoziladi”. “Jannat ? onalar oyog'i ostidadir” “Ey Allohning elchisi! Mening eng ko'rkam suhbatimga haqli kishi kim?” “Volidang” degan javob bo'ldi. Savol uch bora takrorlaganida ham “Volidang” degan javob bo'ldi. - ≪Mo’minlarning eng to’la ishonchlisi xushxulqlisidir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollarga, zavjalariga yaxshi muomalada bo’lganlaringizdir≫. - Payg’ambarimiz (s.a.v.): ≪Ayollar xususida Allohdan qo’rqingiz. Zero, siz ularni Allohdan omonat o’laroq olgansiz≫, deganlar. - Xotinlarning itoatsizligidan qo’rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so’ng (bu ta’sir qilmasa,) ularni yotoqlarida tark etingiz, so’ngra (bu ham kor qilmasa,) ularni uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqa) yo’l axtarmangizlar(Niso 34). Izoh: (Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo'lsa va u o'z rahbarligini shariatda ko'rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baht-saodatga sohib bo'lmoqda. Bu ko'rsatmaga yurmagan oilalar esa, bahtsizlikka uchramoqda, shundaylardan tashkil topgan jamiyatlar ham bahtsizlikka duchor bo'lmoqda. Bu yerda gapni cho'zib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak. Mo'mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz ≪itoatkorlik≫ deb tarjima qilayotgan so'z oyati karimada ≪qonitatun≫ lafzi ila kelgan. Bu so'z o'z irodasi, rag'bati va muhabbati ila itoat qilish ma'nosini anglatadi. Demak, mo'mina, soliha ayollarning erlariga itoati o'z masuliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo'ladi. Qo'rqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror bosqindan emas. Bu itoat o'zini tushungan, hayotdagi o'rnini, vazifasi va mas'uliyatini his etgan go'zal insonning itoatidir) - Shuningdek, ayollarga ham erlariga ozor bermaslik amr etilgan. - Islomda ayol va bolalarni o’ldirish ma’n etilgan. Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: “(Ey insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo’rqib o’ldirmangiz, ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o’ldirish, shubhasiz, katta xatodir” (≪Al-Isro≫, 31). - Ayollarning ilm olishlari. Rasululloh (s.a.v.): “Ilm talab etmoq har musulmon erkak va ayol uchun farzdir”, deb buyurganlar. Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning yana bir ayollari hazrati Zaynab (r.a.) ham o’sha zamonaning buyuk faqihi (huquqshunosi) edi. Madinada esa Binti Abi Salama (r.a.) fiqh sohasining bilimdoni edi. - Ayollarning haqlari. Hazrat Payg’ambar (s.a.v.) aytganlar: “Ayollarning erkaklar zimmasidagi haqqi yaxshi taom va kiyim berishlaridir”. - “Rasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: “Kimki Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo’lsa, qo’shnisiga ozor bermasin! Shuningdek, ayollar bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar”. Download 21.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling