“Sen: “Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin”, degin”
Download 30.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Samsung Notes
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sen: “Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin”, degin”
- “Dinga majburlash yoʻq. Batahqiq, haq botildan ajradi”
- Akram Abdullayev “Mir Arab” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudarrisi
“Qonunda diniy erkinlik boʻlsa, nega mazhabdan bittasini tutishga majburmiz. Vaholanki insonlarni yahudiy, nasroniy, shirk va kufrda boʻlishiga rozisan-u, lekin mazhabda boʻlmaganlarga qarshilik qilasan”, deydiganlarga raddiya.
Alloh taolo Islom dinini mukammal qilib yubordi. Shu jumladan oʻzga din vakillari bilan boʻladigan muomalalarni ham belgilab berdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlaridan keyin Madinada Islom jamiyati paydo boʻldi. Shu vaqtda U zot yangi ahdnoma qonun (deklaratsiya) qabul qildilar. Bu qonunning baʼzi bandlarida yahudiylar bilan boʻlgan kelishuv koʻrsatilgan edi. Kelishuvga koʻra yahudiylar oʻz dinlarida qolishlarigan ruxsat etilgan edi. Lekin Madinaga dushman hujum qilsa, yahudiylar ham yordam berishlariga kelishilgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan Islom dinini qabul qilishlarini talab qilmaganlar. Shu jumladan nasroniylar va boshqa din vakillariga ham din taklif qilingan. Agar bosh tortsalar ham musulmonlarga dushmanlik qilmay yoʻl ochsalar, va maʼlum miqdordagi toʻlovlarni qilib tursalar, ularni Islom davlati oʻz himoyasiga olgan. Sharʼiy masʼalalarda zimmiy deb ahli kitoblarni aytilgan va ularni haq-huquqlari taʼminlab berilgan. Agar ularga dinni qabul qilishdan boshqa yoʻl yoʻq boʻlganda yo dinni qabul qilishardi yoki yoʻq boʻlib ketgan boʻlishardi. Lekin adolatli Islom dini hech kimni majburlab dinga kirgizmagan, shu sababli dinni qabul qilganlar hech qachon dinni tark etmaganlar. Alloh taolo Kahf surasi 29-oyatida:
” ﺮﻔﻜﻴﻠﻓ ءﺎﺷ ﻦﻣ و ﻦﻣﺆﻴﻠﻓ ءﺎﺷ ﻦﻤﻓ ﻢﻜﺑر ﻦﻣ ﻖﺤﻟا ﻞﻗو“
keltirsin”, degin” deb marhamat qilgan. Alloh tomonidan kelgan haq – Islom va Qurʼondir, kim xohlasa qabul qilib iymon keltirsin va kim xohlamasa ixtiyori oʻzidadir.
Alloh taolo Baqara surasi 256-oyatda: “” ﻲﻐﻟا ﻦﻣ ﺪﺷﺮﻟا ﻦﻴﺒﺗ ﺪﻗ ﻦﻳﺪﻟا ﻲﻓ هاﺮﻛا ﻻ “ “Dinga majburlash yoʻq. Batahqiq, haq botildan ajradi”, deb marhamat qilgan. Oyatning maʼnosi shundan iboratki, har bir inson oʻz aqli va idroki bilan haqni tanib iymonga kelishi kerakligi, hech kim majburan dinga kiritilmasligiga ochiq dalildir. Baʼzilar oʻylaganidek Islom majburan singdirilmagan, agar shunday boʻlganida majburan singdirilgan kommunizmga oʻxshash mafkuralar singari yoʻq boʻlib ketardi. Bu maʼno dinga kirmagan kishilar uchun aytilgan, ammo baʼzilar oʻylaganidek dinga kirgandan keyin amallarga majburlash yoʻq maʼnosida emas. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari ushbu oyat tafsirida shunday deganlar: ”Dinga majbur qilish yoʻq” jumlasiga tegishli koʻp tarqalgan tushunmovchilik ham bor. Oʻzini musulmon sanab yurgan baʼzi kishilarga musulmonlik vazifasini bajarish zarurligi eslatilsa, darhol: ”Dinga majbur qilish yoʻq”, deydi. Bu - dalildan notoʻgʻri foydalanishdir. Rost, sen yahudiy yoki nasroniy boʻlsang, seni Islomga majbur qilish yoʻq. Lekin sen musulmonlik daʼvosini qilib tursangu, oʻz musulmonlik vazifangni bajarmasang, boʻlmaydi. Ana endi Islomni qabul qilgan kishiga kelsak, unga toʻrt mazhabdan birini qabul qilishi vojib boʻladi. Mazhabni ushlamaslik turli nizo va ixtiloflarga olib boradi. Oʻz foydasiga nima dalil kelsa olaveradi hatto eng zaif qavllarni ham olib, havoi nafsiga ergashib ketadi. Hindistonda mazhabsizlikni targʻib qilgan bir muhaddis olim boʻlgan. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh “Malfuzot” kitoblarida muhaddis olimdan iqtibos keltirib, “Men 25 yillik tajribam asosida shuni bildimki, hozirgi davrda biror mazhabni tutmaslik oxir oqibat dinsizlikka olib borar ekan” deganlar. Mazhabboshilarimiz rahimahumullohlar tobeʼin yoki tabaʼa tobeʼin boʻlishgan. Bu degani sahobadan ilm olgan, yoki sahobadan oʻrgangan kishidan ilm olgan, deganidir. Va bu zotlarning ilmiy salohiyatlari minglab zabardast ulamolar tomonidan qabul qilingandir va ming yildan ortiq vaqt mobaynida eʼtirozsiz amal qilib kelingan. Mazhablar birlik ramzi boʻlib, oʻzaro ixtiloflarning oldini oladi. Mazhab imomlari Qurʼon va Sunnatni mukammal oʻrganib chiqib oʻz ijtihodlarini keltirganlar. Mazhablar barcha sahih hadislarni ham qamrab olgan va mazhabga amal qilgan kishi barcha sunnatga amal qilgan boʻladi. Alloh taolo birlikka chaqirib, boʻlinishdan qaytaradi. Oli Imron surasi 103- oyatida:
”
“Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va boʻlinib ketmang”, deb marhamat qilgan.
Imom Termiziy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: ” ﺔﻋﺎﻤﺠﻟا ﻊﻣ ا ﺪﻳ و ﺔﻟﻼﺿ ﻲﻠﻋ ﻲﺘﻣا ﻊﻤﺠﻳ ﻻ ا نا“ “Alloh ummatimni zalolatda jamlamaydi va Allohning qoʻli jamoat bilandir”, deyilgan. Hadisning maʼnosi Alloh, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarini botil va notoʻgʻri narsada jamlamasligini bildiradi.
Imom Termiziy rivoyat qilgan boshqa hadisda: " ةﺪﺣاو ﻻا رﺎﻨﻟا ﻲﻓ ﻢﻬﻠﻛ ﺔﻗﺮﻓ ﻦﻴﻌﺒﺳ و ثﻼﺛ ﻲﻠﻋ ﻲﺘﻣا قﺮﺘﻔﺗ و “Meni ummatim yetmish uch firqaga boʻlinadi. Ularning hammasi doʻzaxda faqat bittasi najot topadi”, dedilar.
” ﻲﺑﺎﺤﺻا و ﻪﻴﻠﻋ ﺎﻧأ ﺎﻣ“:لﺎﻗ ؟ ا لﻮﺳر ﺎﻳ ﻲﻫ ﻦﻣ :اﻮﻟﺎﻗ
“Sahobalar soʻradilar: Kim ular ey Rasululloh? U zot: “Meni va sahobalarimni yoʻlini tutganlar”, dedilar. Mazkur toʻrt mazhab ahli sunnat val-jamoat hisoblanib oʻsha najot topuvchi firqa hisoblanadi. Hanafiy mazhabi Turkiya, oʻrta osiyo davlatlari, Hindiston va Pokistonda koʻp tarqalgan. Molikiy mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash va Liviya kabi davlatlarda tarqalgan. Shofeʼiy mazhabi Misr, Indoneziya, Malayziya va Checheniston kabi yurtlarda amal qilinadi. Hanbaliy mazhabi esa Saudiya Arabistonida dasturul amal hisoblanadi. Toʻrt mazhab bir xil eʼtiborda boʻlib, asrlar osha ummatning birlik ramzi va firqalanishdan saqlovchi omil boʻlib kelmoqda.
http://www.mirarabmadrasa.uz/oz/maqolalar/83 Download 30.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling