Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekiston


Download 24.53 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi24.53 Kb.
#1366549
Bog'liq
2d83adb94b6c413366995dccccb3d5df


2 Mavzu: “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekiston.”


Reja:
1. Mustaqillik oldi kechinmalari.
2. Mustaqilligimizning 29 yilligi.
3. Yutuq va natijalarimiz tub islohotlar debochasidir.

Qariyb chorak asrdan ortiq vaqt o’tgan bo’lsada, mustaqillik tantanasi kechagidek quvonchlarimizni bezayveradi. Qalblarimizga olam baxt, betakror his-tuyg’ularni bag’ishlayveradi. Chunki erkinlik, mustaqillik o’rnini bosuvchi odamga bu qadar yoqadigan boshqa tuyg’u yo’q. Axir, ne-ne ota-bobolarimiz bu orzuga erishish yo’lida jonlarini qurbon qilganlar. Bu yil millatimiz fidoyilari qurbonliklari evaziga kelgan qimmatbaho ne’matimiz mustaqilligimizga 29 yil to’lmoqda


Haqiqatni qo’rqmay baralla ayta olish qanday baxt. Keling hamma narsani boricha gaplashamiz. Uzoqqa bormylik, so’nggi to’rt yil ichida ro’y bergan o’zgarishlarni olaylik. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’tmishda yo’l qo’yilgan xatolarni bartaraf etib, ko’plab tanqidlarga uchragan taqiqlarni bekor qildi, inson huquqlari va erkinliklariga doir qator amaliy chora tadbirlarni hayotga tadbiq etildi. So’z erkinligi va hukumat faoliyatining ochiqligi ta’minlangani, xalq qabulxonalarining tashkil etilgani, prezidentga murojaatlar tizimini fuqarolar uchun qulay shakllari ishlab chiqilgani, qo’shni davlatlar bilan aloqalqr mustahkamlanganligi, OAV xodimlari, jurnalistlar, matbuot xizmatlari, blogerlarning erkin faoliyati ta’minlangani ayniqsa respublikaning xalqaro maydondagi imijini tubdan o’zgartirdi. Yutuqlarimiz haqida, ayniqsa oliy ta’lim sohasining isloh qilinayotgani, jahonning nufuzli oliy ta’lim dargohlarining filiallari yurtimizdagi viloyatlarda, chekka hududlarda ham tashkil etilmoqda. Boshqa mamlakatda o’qish, o’qishni yurtimizga ko’chirish kabi ishlar ham soddalashtirilmoqda.
Mustaqillik haqida so‘z borar ekan, hech shubha yo‘qki, ozod va obod yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning qalbida shodlik, faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘onadi. Jannatmakon O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi mavqei yuksalib, shahar va qishloqlarimiz ko‘rkam qiyofaga kirib borayotgani, mehnatkash xalqimiz bugunidan baxtiyor, shukronalik, ertasiga to‘la ishonch ruhi bilan yashayotganligini ko‘rib quvonadi kishi. Bu yil Vatanimiz, mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasi – milliy mustaqilligimizning 29 yilligini nishonlash ostonasida turibmiz. Ushbu bayram har yili yurtimizning barcha viloyatlarida, xiyobonlaru – bog‘larda katta tantana bilan nishonlanadi. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Yurtimizda o’tgan 29 yil mobaynida ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa bunyodkorlik ishlarini aytib adog’iga yetolmaymiz. Maktablar, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, ishlab chiqarish obyektlari, xizmat ko’rsatish, dam olish maskanlari qurildi, ko’cha va xiyobonlar obodonlashtirildi.
Yutuq va natijalarimiz
Yutuqlarimiz haqida to’lqinlanib gapirishimiz mumkin. Yutuq va natijalarimiz tub islohotlar debochasidir. Ularni holis va xaqqoniy e’tirof etish kerak. Tan olishimiz kerakki muammolar ham, kamchiliklar ham yo’q emas. Eng muhimi to’g’ri yo’lda ekanligimiz.
Hech narsa o’z-o’zidan qo’lga kiritilmaydi.Ezgu ishlar, millionlab odamlarning orzu-istaklarini ro’yobga chiqarish hamirdan qil sug’urgandek oson ish emas. Bir narsani ta’kidlash kerakki, o’tgan davrda xalqimizning irodasi ham bo’y ko’rsatdi. Insonparvar siyosatimizning negizini ma’naviy yuksalish tashkil etgani shubhasizdir.
Yoshlarning huquqiy ongi va savodxonligini yuksaltirish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish va eng muhimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishda yoshlar faolligini oshirish uning asosiy vazifasidir. Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo’llab quvvatlash barobarida ish bilan band bo’lmagan yoshlarning bandligiga ko’maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha samarali mexanizmlar joriy etish, qolaversa, ularning intellektual, ma’naviy-ahloqiy estetik dunyoqarashini kengaytirish vazifalari belgilab qo’yilgan
Darhaqiqat, har bir yosh – bir kelejak. Ularning bugungi erishgan natijalari kelgusi baxtli kunlarning debochasi bo’lishi tayin. Zero, bugunning yoshlari nafaqat O’zbekiston, balki dunyo hamjamiyatida o’z o’rnini topishi, xalqaro hamkorliklarda yurtimiz rivoji uchun beminnat hissasini qo’sha oladigan ilm egalari bo’lmog’I lozim. Chunki biz ma’naviyati, madaniyati yuksak bo’lgan ajdodlar avlodi ekanmiz, biz bilan doimo xalqimiz faxr va iftixor tuyg’ularini his etmog’I joizdir.
Istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz - erkin va farovon kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz.
Download 24.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling