Sentabr oyida fan oyligi munosabati bilan ochiq darslar tashkil etildi


Download 15.85 Kb.
Sana30.12.2022
Hajmi15.85 Kb.
#1072516
Bog'liq
ахборот


Yangiqo'rg'on tumani XTB ga qarashli 6 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 2-D sinf rahbari Mamajanova Manzura 2022 - 2023 - o'quv yili 1-choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan yozgan yozma

AXBOROT
Shu chorak mobaynida o'zimga biriktirilgan 2-“D” sinfda I-chorakda quyida ishlar amalga oshirildi.



  • Sentabr oyida o‘quvchilarni 2-“D” sinfga qabul qilindi hamda darsliklar va o’quv qurollari bilan ta’minlandi, sinf sardori, tozalik raisi, sinf kutubxonaxochisi, sinf faollari saylandi.

  • Sentyabr oyida 2-“D” sinf o’quvchilarining ota-onalari bilan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda ota-onalar bilan barcha masalalar bartaraf etildi. Barcha ota-onalar fikr mulohazalarini bildirdilar.

  • Sentabr oyida fan oyligi munosabati bilan ochiq darslar tashkil etildi.

  • Kuz ne’matlari mavzusida tadbir tashkil etdim.

Maktabda “Ifodali o’qish” to'garak mashg'ulotini muntazam ravishda o'tib keldim. To’garakda o’quvchilarni bilim samaradorliklarini oshirish, ulgurmovchi o’quvchilar bilan muntazam ishlash, turli tadbirlarga tayyorlash bilan bir qatorda ulgurmaydigan o'quvchilar bilan ishlab, turli tadbirlar uyushtirdim. To’garak mashg’ulotlarini haftaning dushanba va juma kunlari birinchi va ikkinchi smenada tashkil etdim.
O’z sinfimda davomatni 98-100 % bo'lishini ta’minladim, sinf samaradorligini 84% bo’lishiga muvaffaq bo ldim. Sinf oquvchilarimni turli fan to'garaklariga jalb qilib, turli fan tadbirlarida faol bo'lishini nazorat qildim.
O’quvchilarimni kutubxonaga a’zo bo'lib, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun turli tadbirlar uyishtirdim. O'quvchilardan fanim bo’yicha oraliq nazoratlarda bo'sh o'zlashtirgan o'quvchilar bilan qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazdim. Darslarimni o’z vaqtida o'tib, maktab ma'muriyati tomonidan berilgan har bir topshiriqni o'z vaqtida bajardim.
Sinf rahbari: M.Mamajanova
Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling