12-jadval. Ishlab chiqarishni boshqarishda "ob'ekt" va "sub'ekt" tushunchalari
Ishlab chiqarish bo’g’inlari
|
Boshqariluvchi tizim (ob'ekt)
|
Boshqaruvchi tizim (sub'ekt)
|
Korxonada
|
- Tsexlar, uchastkalar
|
- Direktor va unga bo’ysinuvchi barcha boshqaruv apparati
|
Tsexda
|
- Uchastkalar
|
- Tsex boshlig’i va unga bo’ysinuvchi barcha boshqaruv apparati
|
Uchastkada
|
- Ishchilarning ish joylari
|
- Uchastka boshlig’i va unga bo’ysinuvchi barcha boshqaruv apparati
|
Ish joylarida
|
- Mehnat vositalari
|
- Ishchilar, xizmatchilar va boshqa xodimlar
|
Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta'sir ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta'sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko’rsatadilar va boshqarish sub'ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar (5-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |