Server bilan ishlash


Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari


Download 124.29 Kb.
bet3/15
Sana22.02.2023
Hajmi124.29 Kb.
#1220379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dJAmmZKS9vcz-nJ0BVK9 8jug uWlZfE

Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari
Texnika taraqqiy etgan jamiyatimizda har bir sohani kompyutersiz tasavvur eitsh qiyin. Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o`rtasida ma’lumot almashinishi mumkin.
Tarmoqning o`zi nima? Uning qanday turlari mavjud? Internet, Elektron pochta nima? Internetga qanday ulanadi. Manzillar bilan qanday ishlanadi. Xalqaro tizimni tashkil etuvchi texnik vositalar haqida, dasturiy, axborotli ta’minotini nimalar tashkil etishi, ularning yaratilishi va ahamiyati haqida to`la ma’lumot mazkur qo`llanmada yoritilgan.
Kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot.
Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak.
Kompyuterlarning o`zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Kompyuter tarmoqlari 3 xil bo`ladi:
Lokal tarmoqlar.
Mintaqaviy taqmoq.
Xalqaro tarmoq.
I.Lokal tarmoq – bir binoda yoki bir biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o`zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoqqa aytiladi.



lokal tarmoqning texnik vositalari:
1.Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
2.Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o`zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.

3.Mijoz kompyuterlar – lokal tarmoqda 8, 12, 16 ta kompyuterlar o`zaro bog`lanadigan kompyuterlar. 4.Axborot uzatish kabellari.

II. Mintaqaviy tarmoq - biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o`zida mujassamlashtirgam tarmoq. Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo`ladi.
Global (xalqaro) tarmoq – dunyoning ihtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o`zida birlashtirish imkonini beruvchi tarmoqqa aytiladi. Bu tarmoq Internet deb ham yuritiladi.
Internet- bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i.

Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o`tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Tarmoq servisi
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
- print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
-faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
-elektron pochta (E-mail) - mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi.
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin.



Download 124.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling