SERVIS FAOLIYATI
GURUH MUSTAQIL ISHI
Ushbu topshiriqda talabalar “Servis” sohasidagi so‘nggi amaliy “Keyslar”
va tadqiqotlarga e’tibor
qaratishi kerak, ayniqsa, sohada ishlab chiqilgan yoki
chiqariladigan yangi xizmat takliflariga e’tibor berishlari so‘raladi. Topshiriqda
siz amaliy “Keys”lar va tadqiqotlarda o‘rgangan hayotiy xizmat misollarini va
bozor takliflarini kirtishingiz so‘raladi.
Guruhlarga bo‘lining (2 kishi bir guruhda) va ushbu topshiriqda izlanish
olib boriladigan mavzulardan birini tanlang. Mavzuingiz bilan bog‘liq bir nechta
keys va tadqiqot maqolalarni o‘qib chiqishingiz va mavzuni asosiy mazmunini
o‘rganish, mustaqil ishingizni yozish uchun ko‘proq sarlavhalardan foydalaning.
Pastda keltirilgan ko‘rsatmalarga amal qiling:
Mustaqil ishga kirish va mavzuni yoritib berish
Mavzuga kirish va tanishtirish. Nima uchun tanlangan xizmat turi bozorda
muhim va nima sababdan oxirgi o‘n yil ichida rivojlanayabdi?
Mustaqil ishingizning mavzusini yoritib beradigan asosiy ma’lumotlarni
kiriting.
Mustaqil ishdagi yangi xizmat innovatsiyasini yoritib berish
Jamiyatda sodir bo‘ladigan iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq yangi
xizmat - yangi xizmat turini rejalashtirishdan tortib xizmat ko‘rsatishgacha
(masalan: yangi transport,
yetkazib berish, kommunikatsiya xizmat turlarini
ishlab chiqish va yetkazib berishdagi innovatsiyalar) yangi xizmat turlarini
namoyish qilishda sodir bo‘ladigan muammolar va ularni bartaraf etishda
ishlatiladigan texnikalarni yoritib berish.
Mustaqil ishning xulosasi
Mustaqil ishingizga tanlagan mavzuingizning xulosasini yozing.
Mavzular ro‘yxati
Quyida keltirilgan mavzulardan birini tanlang.
1. Turistlarning va mahalliy aholining O‘zbekiston bo‘ylab sayohat
qilishiga yordam beradigan transport xizmatlarining o‘rni.
2.
Joylashtirish
va
ovqatlantirish
xizmatlarida
axborot
texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi.
3. Xizmat ko‘rsatishda xorij valyutalari, inflyatsiya va bankning
tutgan o‘rni.
4. Kommunikatsiya xizmatlarini tashkil etish va servis sohasini
rivojlantirish.
5. Ta’lim sohasidagi yangi xizmat turlari va tendensiyalar.
Sizning topshirig‘ingiz ushbu fan bo‘yicha umumiy bahoni ifodalaydi.
Mustaqil ishning
muqovasida universitet nomi, yo‘nalishingiz, ism-
sharifingiz, o‘qituvchining ismi-sharifi, fanning nomi, tanlangan mavzu nomi
yozilgan bo‘lishi shart.
Mustqail ishni
Microsoft Word dasturida Times New Roman 14 shrift
o‘lchamda hamda qatorlar orasining o‘lchami
1,5 bo‘lishi, abzas
4mm va
3000
so‘zdan oshmasligi kerak.
Yozilgan ishingizda har bir foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini
(referencing) kiritishingiz so‘raladi.
Foydalanilgan adabiyotlar, rasmlar, Internet havolalarini,
jadvallar va
diagrammalar ro‘yxatini mustaqil ishingizning oxirgi qismiga qo‘yishingiz
so‘raladi.
Mustaqil ishni o‘z mehnatingiz bilan bajaring.
Ushbu universitetda plagiatga (ko‘chirmachilikka) yo‘l qo‘yilmaydi.
Barcha topshiriqlar
“Turnitin” dasturi yordamida plagiat uchun tekshiriladi.
Topshiriladigan sana: dushanba
6-fevral 2023, chop etilgan holda.
GURUH TARTIBDA TAQDIMOT
Guruh mustaqil ishiga asoslanib taqdimot qilish.
Taqdimot bo‘yicha ko‘rsatmalar
a. Taqdimot
Microsoft “POWER POINT” (ppt) dasturida
Times New
Roman 12 shrift o‘lchamda bajarilishi hamda qatorlar orasining o‘lchami
1,5 bo‘lishi va
12 ta slayddan oshmasligi kerak.
b. Yozilgan ishingizda har bir foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini
(referencing) oxirgi slidega kiritishingiz so‘raladi.
c. Taqdimotingizni dizayniga e’tibor bering rasmlar, jadvallar va
diagrammalar hamda 2 minutdan oshmagan videolahxalardan
foydalaning.
d. Har bir talabaga taqdimot mavzuni gapirib berish uchun taxminan 10 -12
daqiqa beriladi,
Mustaqil ishga kirish va mavzuni yoritib berish uchun 3
daqiqa,
Mustaqil ishdagi yangi xizmat innovatsiyasini yoritib berish 3
daqiqa, va
Mustaqil ishning xulosasi gapirib berish uchun 3 daqiqa va
Videolavhalar uchun 3 daqiqa vaqt ajarting.
Taqdimotni tuzishning
ko‘plab
potensial va innovatsion usullaridan foydalaning. Taqdimotni
birinchi slaydida talabaning ism sharfingiz, mavzu nomi, guruh raqami va
o‘qituvchilarning ism sharfini yozing.
e. Topshiriladigan sana: dusanba
6-fevral 2023, elektron shaklda.
Ushbu
sanada talabalarning qaysi sanada taqdimot qilishi ajratiladi.