Serviz xizmati


A n t r o p o m e t r i k


Download 0.6 Mb.
bet13/23
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#208276
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
A n t r o p o m e t r i k tekshirishlar vaktida gavdaning muayyan nuktalari - antropometrik nuktalar oraligi yoki yumshok gazlamada anik bilinib, ko’rinib turadigan chegaralar, teridagi o’ziga xos nuktalar bo’yicha o’lchanadi. O’lchov belgilarini xosil kilish uchun kuyidagi antropometrik nuktalardan foydalaniladi (19-rasm)

a - boshning eng yukori baland nuktasi;

b - bo’yindagi 7-bo’yin umurtkasining xolati;

v - bo’yin asosidagi nukta;

g - umrov nuktasi (bo’yin asosidan tgan chizikda old kismda bo’yin chukurchasi nuktasi);

d - elka nuktasi;

e - ko’ltik chukurligining ort burchagi nuktasi;

j - ko’ltik chukurligining old burchagi nuktasi;

z - ko’krakning yukori nuktasi (ko’krak bezlarining uchi);

i - kurak nuktasi;

k - bel nuktasi (belning eng ingichka eridan gorizontal o’tganda umurtka pogonasining kesishgan nuktasi);

m - korinning turtib chikish nuktasi;

l - dumbaning turtib chikkan nuktasi;

n - tizza nuktasi (tizzaning eng yukoriga ko’tarilgan markaz nuktasi);

o - tupik, nuktasi;

p- tirsak nuktasi (tirsak bukilganda chikib turgan nuktasi); Tikuvchilik mutaxassisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi xaqida tasavvurga ega bo’lishi zarur.

- bilak nuktasi (bilakning eng ingachka eridan o’tgan chizikda ko’tarilib turgan nuktasi)

Gavdadan olinadigan barcha o’lchovlar vertikal va gorizontal tekislikda o’lchanadi. SHuning uchun gavdada gorizontal va vertikal konstruktiv chiziklar mavjud. Kiyimni tikishdan oldin uni loyixalash kerak. Kiyimni loyixalashda esa gavdadan anik olingan o’lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib, kiyim tikmokchi bo’lgan kishi gavdasini o’lchash kerak.

Aylana o’lchamlari to’la o’lchanadi, lekin bu o’lchamning yarmi (elka, bilak, elka kiyamasining kengligidan tashkari) yoziladi. Uzunlik o’lchamlari to’la yoziladi.

Razmer belgilari kiskartirib: aylana - A, yarim aylana - YAA, uzunlik - U, kenglik - K, balandlik - B deb yoziladi.

Gavdani o’lchashdan oldin xech narsani esdan chikarmay to’gri o’lchash uchun o’lchash belgilari ro’yxati yozilgan kogoz tayyorlab olishni maslaxat beramiz.

Gavdani to’gri o’lchash usullari 22-rasmda ko’rsatilgan. Ularki razmer belgilarini shartli belgilanishi esa kuyida yozilgan:




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling