Sessiya oralig’i variant №21 1


) “Birlik” xalq harakati qachon tashkil etildi? A) 1991-yil 18-may B) 1990-yil 24-mart C) 1989-yil 15-iyun D) 1989-yil 28-may 16)


Download 28.85 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi28.85 Kb.
#188238
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sessiya oralig

15) “Birlik” xalq harakati qachon tashkil etildi?

A) 1991-yil 18-may B) 1990-yil 24-mart C) 1989-yil 15-iyun D) 1989-yil 28-may



16) “Erk” partiyasi qachon tashkil etilgan?

A) 1989-yil 28-may B) 1999-yil 15-iyun C) 1995-yil 24-mart D) 1990-yil 30-aprel



17) “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi qachon tashkil etilgan?

A) 1995-yil 28-may B) 1999-yil 15-iyun C) 1995-yil 24-mart D) 1995-yil 3-iyun



18) “Aloqa” to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?

A) 2003-yil B) 2000-yil C) 1997-yil D) 1992-yil



19) “Mahalla” Respublika hayriya jamg’armasi qachon tashkil etilgan?

A) 1993-yil B) 1999-yil C) 2000-yil D) 1992-yil



20) “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilindi?

A) 2003-yil B) 2000-yil C) 2015-yil D) 2018-yil



4) 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o’rin egalladi. 1999-yilda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan Toshkent Islom universitetiga asos solindi. 2007-yilda Islom Hamkorligi Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo’yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan “Toshkent - Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Bu O’zbekiston davlatining dinga bo’lgan munosabati natijasidir.

Bugun Respublikada 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda. Ularda talabalar diniy ilmlar bilan bir qatorda,dunyoviy ilmlarni olish imkoniyatiga ham ega.

Respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Hozirgi kunda turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgizib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy – madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy – madaniayt markazi, Yangiyo’l shahar tatar milli – madaniayt markazi kabilardir. O’zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida tengsharoit yaratib berilgan. Bundan tashqari bugungi kunda musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o’quv yutlarifaoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Respublikada diniy bag’rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda konfessiyalarning ham muayyan o’rni bor. Birinchidan, ular o’z faoliyatlari davomida aholida diniy bag’rikenglik madaniaytini kamol toptirish yo’lida ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar tashkil etib keladilar. Ikkinchidan, mamalakatda dinlararo totuvlikni qo’llab – quvvatlash hamda turlinizo va murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik kabi xatti-harakatlarga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashadilar.



5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoniga muvofiq, 2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o’quv dasturlariniyanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko’rsatish va moliyalashtirishning qo’shimcha manbalarini izlashda oliy o’quv yutlarining vakolatlarini kengaytirish yo’li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.

2017-yil umumta’lim va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo’ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar,shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnona natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3 ya’ni 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o’tildi.



2017-yil 16- noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2019- o’quv yilidan boshlab test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o’tkazish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo’yilgan. Test sinovlari shaffof va haqqoniy o’tishini ta’minlash maqsadida, ushbu tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar tug’dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi.

2017- yil 30-sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to’g’risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko’ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog’iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, Viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo’limlari kiradi.
Download 28.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling