Seysmologiya instituti


Download 6.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.09.2017
Hajmi6.09 Kb.
#16644
background image
Uzinfocom PDF plugin

1

G’.O. MAVLONOV NOMIDAGI

SEYSMOLOGIYA INSTITUTI

Tashkil etilgan yili: 1966-yil.

 

Rekvizitlar:



manzil: O’zbekiston, 100128, Toshkent sh., Zulfiyaxonim ko’chasi, 3;

tel: +(99871)241-51-70;

faks: +(99871)241-74-98;

e-mail: 

seismo@uzsci.net

;

web: 

www.seismos.uz

 

Direktor v.b.: fizika–matematika fanlari doktori Xusomiddinov Sabriddin Samarovich

Xodimlar tarkibi: 1 akademik, 10 fan doktori-10, 15 fan nomzodi, 4 katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, 44

ilmiy xodim, jami xodimlar-318.

 

Tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari:

Seysmik xavfni baholash va rayonlashtirish: zilzilalar fizikasi, seysmiklikni maydon va vaqtdagi

qonuniyatlari va uning turli seysmotektonik va injener-geologik sharoitlarda namoyon bo’lishi, turli

masshtabdagi seysmik rayonlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish.

Seysmogen jarayonlar fizikasi va zilzilalar prognozi muammolari: Seysmogen jarayonlar bilan bir vaqtda

kuzatiladigan darakchi xodisalarni fizikasini, maydon-vaqtdagi qonuniyatlari va mexanizmlarini tadqiq

etish, regionalь geodinamika, zilzilalarni etaplar bo’yicha prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish.

Seysmik riskni baholash: Turli miqyosdagi seysmik riskni injener-geologik asoslarini va baholash

texnologiyalarini yaratish. Xavf-xatar riski yuqori sharoitlarda ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish maqsadlarida

geoekologik xavf oqibatlarini prognoz qilish metodologiyasini ishlab chiqish.

Texnogen seysmiklik: yirik gidrotexnik inshootlar seysmik xavfini baholash metodologiyasini rivojlantirish.

 Ilmiy maktablar:

- Gidrogeoseysmologiya, zilzila darakchilarini tadqiq etish va seysmik jarayonlarni prognozlash

(akademiklar G’.O. Mavlonov va A.N. Sultanxodjaev, O’zRFA chet ellik a’zosi V.I.Ulomov va boshqalar);

- Seysmoelektromagnit xodisalar fizikasi (akademik Q.N.Abdullabekov va boshqalar):

- Geofizik muhit va seysmik jarayonlarni matematik modellash (professor T.U. Artikov va boshqalar).



Download 6.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling