Seysmoprognostik monitoring respublika markazining vazifa va bajaradigan funksiyalari


Download 25.39 Kb.

Sana14.09.2018
Hajmi25.39 Kb.

Seysmoprognostik  monitoring  respublika markazining 

 vazifa va bajaradigan funksiyalari 

 

Markazning asosiy vazifasi bo‘lib: 

seysmiklikni  nazorat  qilish  maqsadida  kuzatilayotgan  xududlardagi  sodir 

bo‘lgan zilzilalar xaqidagi ma’lumotlarni qayd etish xamda qayta ishlash; 

Respublikaning  yuqori  tashkilotlariga,  O‘zbekiston  uchun  M≥4,0  va 

Markaziy  Osiyo  uchun  M≥5,0  bo‘lgan  kuchli  va  talofatli  zilzilalar  xaqida  tezkor 

xabar xizmatini amalga oshirish; 

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ro‘yxatiga asosan nazorat 

qilinayotgan xududlarda barcha ro‘y berayotgan sezilarli va kuchli zilzilalar xaqida 

yuqori tashkilotlarni o‘z vaqtida xabardor qilish; 

dala-tadqiqot ishlarini amalga oshirib seysmiklikni kuzatish, Erosti suvlarida 

gidrogeologik kuzatuvlar olib borish, geofizik maydonlar variatsiyalarini o‘rganish 

va  Respublika  va  unga  chegaradosh  xududlari  seysmofaol  maydonlarining  er 

qobig‘i  zamonaviy  xarakatini  o‘rganish,  shuningdek,  aloxida  seysmik  xududlarda 

kerakli kuzatuvlarni olib borish; 

sifatli  va  uzluksiz  seysmik,  geofizik,  gidrogeokimyoviy  va  boshqa 

ma’lumotlarni  uzluksiz  xamda  kutish  xolatida  ishlayotgan  statsionar  jixozlar 

yordamida qabul qilish va bu ma’lumotlarga birlamchi ishlov berish; 

o‘rganilayotgan  xududda  majmuaviy  prognostik  poligonlarni  tashkil  qilish 

va rivojlantirish; 

O‘zbekiston  va  unga  chegaradosh  xududlarda  sodir  bo‘lgan  kuchli 

zilzilalarning  epitsentrlari  zonalarida,  bundan  tashqari  yuqori  tashkilotlar 

topshirig‘ini bajarishda seysmik, geofizik va boshqa kuzatuv turlarini tashkil qilish 

va ish olib borishini ta’minlash; 

O‘zR  FA  Seysmologiya  instituti  (direksiyasiga)  prognoz  komissiyasiga 

ma’lumotlarni o‘z vaqtida etkazib berish; 

zilzilalarning  tezkor  katalog  va  byullitenlarini  tuzish,  seysmologik, 

gidrogeoseysmologik va geofizik ma’lumotlar arxivini shakllantirish; 

seysmik,  geofizik  va  kompleks  prognostik  stansiyalar  tarmog‘ini 

takomillashtirish  va  rivojlantirish,  alohida  stansiyalar  va  to‘liq  tizimli  ish 

samaradorligini  oshirish,  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  markaziga  yuboradigan 

uskunalar tizimi, jixozlari sifatini yaxshilash; 

qo‘llanilayotgan  geofizik,  gidrogeokimyoviy  va  gidrodinamik  kuzatuvlar 

qo‘llanilayotgan usullarini takomillashtirish xamda yangilarini sinab ko‘rish; 

kuzatuv  ma’lumotlari  xamda  qayta  ishlash  ma’lumotlarni  xalqaro 

ayirboshlashda  meyoriy  majburiyatlarni  bajarishda,  xalqaro  loyihalar  va 

tadqiqotlarda qatnashishni ta’minlash. 

Markaz  oldida  turgan  vazifalardan  kelib  chiqqan  xolda  quyidagi  ishlarni 

bajaradi: 

tadqiqotlar, laboratoriya-tajribalari va izlanishlar tasdiqlangan va o‘rnatilgan 

reja asosida olib boriladi; 

ishlar  zamonaviy  jaxon  ilmiy  yutuqlaridan  foydalangan  xolda  ularning 

tavsiya xamda ilmiy maslaxatlariga ko‘ra tashkillashtiradi; 


shtat  tarkibini  istiqbolli  mutaxassislar  bilan  to‘ldirish  ustida  doimiy  tadbirlar 

o‘tkaziladi; 

sug‘urta  kompaniyalari  so‘rovlariga  javoban  bo‘lib  o‘tgan  zilzila  kuchi 

xaqida ma’lumotnoma beradi. 

 

Markazning xuquq va javobgarliklari 

 

O‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarishda  Markaz  quyidagi 

xuquqlarga ega: 

oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun asosiy tadbirlar bir yillik rejasini 

tuzish  xamda  o‘rnatilgan  tartib  asosida  Favqulodda  vaziyatlar  Vaziriga 

tasdiqlatish; 

Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  raxbariyatiga  Markazning  tashkiliy-shtat 

tarkibini  takomillashtirish  xaqida  xamda  tasdiqlangan  byudjet  mablag‘iga  ko‘ra 

ularni ta’minlash xaqida takliflar bilan murojaat qilish; 

Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  rahbariyati  bilan  kelishilgan  xolda 

xodimlarni  ishga  mexnat  shartnomasi  asosida  qabul  qiladi  va  ularning  ishlab 

chiqarish faoliyatini yaxshilash uchun sharoit yaratish; 

Markaz  ishchilarining  xavfsiz  mexnat  sharoitini  ta’minlash  bo‘yicha 

tadbirlar o‘tkazish; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlangan 

mutaxassisliklar  va  ish  ro‘yxati  bo‘yicha  ustama  xaqlarni:  og‘ir,  zararli  va  juda 

zararli  ishlarda  ishlagani  uchun,  shuningdek  uzluksiz  ish  stajiga  ko‘ra  oylik 

maoshiga qo‘shimcha qo‘shish; 

Mutaxassislik  darajasini  oshirish,  mexnat  sharoitini  yaxshilash  bo‘yicha 

tadbirlar o‘tkazish; 

O‘zbekiston  Respublikasi  bo‘yicha  o‘z  mutaxassislarini  xizmat  safarlariga 

jo‘natish; 

Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  raxbariyati  nomiga  Markazning  o‘zlarining 

yaxshi ishi bilan ajralib turgan xodimlarini davlat mukofotlari va faxriy nom bilan 

taqdirlash uchun murojaat qilish; 

Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  raxbariyatining  yozma  ravishda  bergan 

ruxsatnomasi  asosida  o‘rnatilgan  tartibda  ishga  yaroqsiz  bo‘lib  qolgan  uskuna  va 

asosiy jixozlarni, transport vositalari, ilmiy asbob-uskunalarni balansdan chiqarish; 

Markaz zaruriy xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslarni, ishni to‘xtovsiz va 

bir  tekis  borishini  ta’minlovchi  vositalarni  iqtisodiy  tejab  ishlatish  choralarini 

ko‘radi. 

Markaz  o‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  samarali  bajarilishiga 

javobgar. 

 

Markaz faoliyatini tashkillashtirish 



 

Markazni  raxbar  boshqaradi.  Markaz  raxbari  O‘zbekiston  Respublikasi 

Favqulodda vaziyatlar Vaziri tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi. 

Markaz raxbari: 

Markaz oldida turgan vazifalarni bajarilishiga shaxsan javobgar; 


Markaz  bo‘yicha  o‘rnatilgan  tartibda buyruqlar, nizomlar va yo‘riqnomalarni 

o‘z xizmat vazifasi doirasida ishlab chiqadi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  asosan  buxgalter  xisoblarini  amalga 

oshirishni,  davlat  byudjetida  turgan  tashkilotning  buxgalteri  xisobi  bo‘yicha 

yo‘riqnomalarini, davlat byudjetida mavjud tavsiflashning kirim va chiqimi xamda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  normativ  xujjataridagi  o‘zgarishlarni 

buxgalteriyaga tadbiq qiladi; 

Markaz yuqori tashkilotlarda uning iqtisodiy va moddiy-texnikaviy ta’minoti 

bo‘yicha ko‘riladigan masalalarda qatnashadi; 

Markaz moddiy va moliyaviy vositalarni asosiy tarqatuvchisi xisoblanadi va 

ulardan to‘g‘ri foydalanilishida mavjud qonun oldida shaxsan javobgardir; 

Markaz  Vazirlik  raxbariyati  bilan  kelishilgan  xolda  seysmologiya  sohasiga 

tegishli  xo‘jalik  ishlarni  bajarish  uchun  shartnomalar  tuzish,  davlat  grantlarida 

qatnashish huquqiga ega; 

Markazning asosiy va qo‘shimcha mulkini saqlanishini ta’minlaydi; 

Markaz  ishlari  va  boshqa  vazifalarini  bajarilishini  doimiy  nazoratini  tashkil 

qiladi,  tarkibiy  bo‘linmalar  xisobotlari  shuningdek  alohida  xodimlarning 

bajarilayotgan ishlari xaqidagi xisobotlarini eshitadi; 

Favqulodda  vaziyatlar  vazirligiga  Markazning  faoliyati  natijalari  xaqida 

o‘rnatilgan tartibda xisobot beradi; 

Markaz nomidan kelishuv, shartnoma va kontraktlar tuzadi; 

Markaz  xodimlarini  o‘rnatilgan  tartibda  rag‘batlantiradi  xamda  intizomni 

buzgani uchun jazolaydi; 

Sud va xuquqni ximoyalash organlarida Markaz nomidan chiqadi; 

Mavjud  bo‘lgan  qonunlarga  asosan  Markaz  faoliyatidagi  turli  masalalarni 

ko‘rib chiqadi va echadi; 

O‘zining  ba’zi  mexnat  vazifalarini  Markaz  bosh  geofizigiga  topshirishga 

xaqli. 


Markaz  raxbari  kerak  bo‘lsa  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  raxbariyatiga 

o‘rnatilgan  xodimlar  soni  va  to‘lov  fondini  o‘zgartirmasdan  Markazning  tarkibini 

o‘zgartirish xaqida taklif bilan murojaat qilishi mumkin. 

Markazning  bosh  geofizigi  va  bosh  injenerining  xuquq  va  majburiyatlari 

Markaz boshlig‘i buyrug‘iga asosan belgilanadi. 

Markaz  raxbari  ish  joyida  bo‘lmaganida  uning  o‘rnini  bosh  geofizik 



egallaydi. 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling