Sezar shifrlash algoritmi. Shifrlash, kalit, shifrmatn va deshifrlash ishining mazmun mohiyati


Download 1.83 Mb.
bet1/7
Sana12.03.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1261850
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IL 100% Matchanov Suxrobb bbbbbbbbbbbbbbbb


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
URGANCH FILIALI

“Kompyuter injiniringi” fakulteti


“Axborot xavfsizligi” kafedrasi
«“Sezar shifrini buzish dasturini tuzish” »
mavzusida
INDIVIDUAL LOYIHASI

Rahbar:_______________________


Bajardi: 951-20 guruh talabasiMatchanov Suxrobbek
«___» ____________ 2022 y.
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………………. 3
I BOB. “SEZAR KRIPTOGRAFIK SHIFRLASH TIZIMI” HAQIDA NAZARIY ASOSLAR
1.1. Kriptografiya va Sezar shifrlash algoritmi haqida …………………………. 5
1.2 Sezar shifrlash algoritmi. Shifrlash, kalit, shifrmatn va deshifrlash ishining mazmun mohiyati……………………………………..………………………… 7
1.3 Masalani qo’yilishi …………………………………………………………. 11
II BOB. SEZAR SHIFRINI BUZISH DASTURINI LOYIHALASH
2.1. Sezar shifrini buzish dasturining algoritmi ……………………….………... 12
2.2 Sezar shifrini buzish dasturi va ishlashi …………………………………….. 13
XULОSA .………………………………………………………………………. 22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………..……………………….. 23
FOYDALANILGAN SAYTLAR ………………………………………………24
KIRISH
Ishni dolzarbligi. Men bajarayotgan individual loyiha ishimning mazmuni-mohiyati, afzalligi, kamchiligi haqida. Sezar shifrini buzish dasturinimaga kerak? Bu qadimiy shifrlash turi Yuliy Sezar tomonidan generallar bilan yozishmalarni himoyalashda foydalanish uchun ishlab chiqqan. Bu algoritm xabar almashinuvidagi xavfsiz aloqani taminlash uchun xizmat qiladi. Shifrni buzish dasturi shifrlash kabi aniq belgilangan algoritmdir. Yani shifrlash ketma-ketligi teskari tartibida tuzilgan algoritm deshifrlashga - buzishga olib keladi. Bunda shifrni buzish dasturi dolzarbligi shundaki almashiniladigan xabarlarni ochish va o’qiy olish.
Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llash, multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb e’tib bormoqda. “Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi” deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Ta’limda multimedia materiallarini qo’llash o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini orttirishda, ularni fanni chuqur o’rganishida katta ro’l o’ynaydi. Kompyuter savodxonligini oshirish, kompyuterdan to’g’ri foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishda yordam beradi. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing ma’lum ustunligi mavjud. Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratad

  • ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash;

  • o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;

  • ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik)

  • bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati);

  • ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;

  • ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub’ekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish;

  • mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi.

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘p tarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tiladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling