Sezgi va idrok
Download 22.75 Kb.
|
Sezgi va idrok
AIM.UZ SEZGI VA IDROKOdam sezgilar orqali moddiy borliqdagi barcha predmeti va hodisalari o'z ongida aks ettiradi, tashqi dunyoning predmetlari va voqea hodisalari munosabatini bog'laydi, tashqi kuzatuvchilarning sezgi a'zolari uzluksiz ta'sir etishi tufayli sezgi vujudga keladi. Odamni o'rab turgan olamdagi narsa va hodisalarni turli xil belgi va xususiyatlari sezgilarda aks etadi. Jumladan, ko'rish sezgisi orqali yorug'lik turlarini ranglarni eshitish sezgisi orqali nafas olish natijasida butun bo'shligiga havo zarrachalarini ta'siri, predmetlarning teriga ta'siri natijasida teri sezgilari hosil bo'ladi. Sezgilar o'z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asosi va manba hisoblanadi Sezgilar tufayligina idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar hosil bo'ladi. Odamning sezgilari orqali tashqi dunyo voqea hodisalarini bilish quyidagi uch bosqichdan iborat. 1. Tashqi dunyodagi predmetlar va voqea hodisalar sezgi a'zosiga (reseptorga) ta'sir etadi. Bu ta'sir tegishli nervlarni harakatga keltiradi, natijada qo'zg'alish vujudga keladi.Bu qo'zg'alish maxsus nervlar yordamida bosh miyaga yetkaziladi. Bosh miya po'stining markaziy hujayralar tizimida, qo'zg'alish yuz beradi. Ushbu uch bosqichdan iborat bo'lgan sezuvchi nerv apparati mashhur rus fiziologi akademik I.P.Pavlov ta'limotida analizator deb ataladi. Ya'ni, biror predmet yoki voqea-hodisaning ta'sirini bevosita aks ettiruvchi apparat analizator deyiladi.Analizatorlarning har uchala qismdan birortasi zarar ko'rsa, sezgi vujudga kelmaydi. Demak, sezgi deb, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolariga ta'siri natijasida vujudga keladigan va bu narsa yoki hodisalarning ayrim belgilarini aks ettiradigan psixik jarayonga aytiladi. Sezgilar tashqi ta'sirotlarining harakteri, yo'nalishi va mazmuni bilan bog'liq holda quyidagi turlariga bo'linadi: 1. Ko'rish sezgilari. 2. Eshitish sezgilari. 3. Hidbilish sezgilari. 4. Ta'm yoki ma'za sezgilari. 5. Teri sezgilari. 6. Muskul va harakat sezgilari. 7. Organik sezgilar.
Aim.uz
Download 22.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling