Sezgilar haqida umumiy tushuncha sezgining inson hayotidagi faoliyati va o'rni
Qobilyatlar haqida umumiy tushuncha qobilyat va faoliyat
Download 77.76 Kb.
|
1-15 psixol
Qobilyatlar haqida umumiy tushuncha qobilyat va faoliyat
Qobiliyatlar bilimlar, ko`nikmalarda emas, balki ularni egallashdinamikasida ya`ni bilim, ko`nikmalar qanday sharoitda tez, chuqur va oson egallanishida namoyon bo`ladi. Bu tushunchadan bugungi kunda ham foydalaniladi. Va nihoyat, yana bir tushunchani ko`rib chiqasmiz. “qobiliyat-bu bilim ko`nikma va malakalarni namoyon bo`lishi emas, balki ularni tez o`zlashtirilishi va uni amaliyotda samarali qo`llanilishidir”. Ushbu tushunchaning yangiligi va to`laligi nimada? Ushbu tushunchada qobiliyatlar bilim, ko`nikma va malakalarga tenglashtirilmay, ularga nisbatan insonning munosabati, bilim, malaka va ko`nikmalarni o`zlashtirish engilligi, tezligi va chuqurligi, hamda ularni ma`lum bir faoliyatni engil o`zlashtirishida va shu faoliyatning muvaffaqiyatli bajarishda namoyon bo`ladi. Shunday qilib, qarama-qarshiliklarni engish hamda haqiqatni izlash oqibatida olimlar quyidagi xulosaga keldilar. “qobiliyatlar shaxsning individual psixologik xususiyati bo`lib, unga bilimlar, ko`nikmalar va malakalarni o`zlashtirilishining to`liqligi, tezligi, engilligi, chuqurligi hamda turli faoliyatni o`zlashtirish va uni muvafaqqiyatli bajarishga bog`liqdir”. Bu tushunchani psixologiyasiga yirik Rossiya olimi B.M.Teplov (1896-1965) kiritgan bo`lib, u bugungi kunda keng tarqalgandir. Yuqorida aytib o`tilganidek, B.M.Teplov qobiliyatlarining umumiy nazariyasini ishlab chiqishga o`z xissasini qo`shgan B.M.Teplovning fikricha “qobiliyatlar” tushunchasi o`z ichiga 3 g`oyani qamrab oldi. “Birinchidan. qobiliyatlar deganda-bir odamni boshqasidan ajratib turadigan individual psixologik xususiyatlar tushuniladi...”. “Ikkinchidan qobiliyat deganda, har qanday individual psixologik xususiyatni emas, biror bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta`minlovchi xususiyat tushuniladi”. “Uchinchidan-“qobiliyatlar odamning bilimlari, ko`nikmalari va malakalariga tenglashtirilmasligi lozim”. B.M.Teplovning fikricha qobiliyatlar doiiy rivojlanishdagina mavjud bo`lishi mumkin. Rivojlanmagan, amaliyotda qo`llanilmaydigan qobiliyat vaqt o`tishi bilan yo`qoladi. Endi zamonaviy psixologiyada qobiliyatlarning klassifikastiyasini ko`rib chiqamiz. Psixologiyada tabiiy va maxsus insoniy qobiliyatlar ajratiladi. Download 77.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling