namoyon qildi. Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari inson
shaxsini ulugMaydilar, uning qadr-qim m ati, h is-tu y g ‘ularini
qadrlaydilar, qoloq urf-odatlarga qarshi chiqadilar, ruh erkinligini
yuqori qo‘yadilar. Uyg‘onish davri vakillarini gumanistlar ham deb
ataganlar. Gumanistlar antik adabiyotga alohida hurmat bilan
qaraganlar. Ular Rim va yunon adabiyotiga yuqori baho berganlar,
ijodda ular yaratgan ch o‘qqilarga intilganlar, unutib yuborilgan
qadimgi qo‘lyozmalami qidirib topganlar, yunon va Rim shoirlari
asarlarini, Gomer dostonlarini nashr qilganlar. G'arbiy Yevropada
tashkil qilingan universitetlarda qadimgi — lotin, grek, yahudiy tillari
o'qitilgan.
Ayni paytda uyg‘onish davri ijodkorlari yaratgan asarlarda antik
adabiyot an’analari realistik elementlar bilan uyg‘unlashadi. Bu zamin
kishisi hayotidan olingan vaziyatlar, hayotiy obrazlar, insoniy
kechinmalaming tabiiyligi kabilarda ko‘zga tashlanadi. Uyg‘onishning
boshlanishi Italiyada namoyon bo‘ldi, uning ilk yirik vakili Dante
hisoblanadi. Keyinchalik Petrarka she’rlari, Bokachcho hikoyalarida
bu davrga xos asosiy belgilar — mavhum ramziy obrazlar o‘mini realistik
obrazlar egallashi, voqelikni asliga muvofiq tasvirlashga intilish kabilar
ko'zga tashlandi. Bu harakat keyinchalik butun Yevropaga yoyildi,
Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer, Jordano Bruno, Kopemik, Rable
va Servantes kabi yirik mutafakkir va ulug‘ yozuvchilami yuzaga keltirdi.
Renessans G ‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari mada-
niyatidagi o ‘rta asrlardan yangi davrga o ‘tish bosqichini anglatadi.
Nemis faylasufi Gegel «Falsafa tarixi»da Uyg'onish davrini «tong
yog‘dusi» deb atagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |