Sh. Rashidov tumani xtbga qarashli 4-umumta’lim maktabi 5-“A” sinf rahbar Majidova Azizaning III chorak yakuni bo’yicha


Download 18.37 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi18.37 Kb.
#1332061
Bog'liq
Mannonov tulqin


Sh.Rashidov tumani XTBga qarashli 4-umumta’lim maktabi
5-“Asinf rahbar Majidova Azizaning III chorak yakuni bo’yicha

Hisoboti


Biz 5-“A” sinf o'quvchilari bilan o'quv yilining III choragi boshlanishidanoq chorak davomida bajarihshi ko'zda tutilgan ishlar yuzasidan gaplashib oldik. 30-yanvar birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludi munosabati bilan xotira tadbiri o’tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar yahshi ishtirok etishdi.
9-fevral buyuk mutafakkir bobomiz A.Navoiy tavallud kuni munosabati bilan maktabimizda yig'ilish, tadbir o’tkazildi.Ularda sinfimiz o'quvchilari ham juda faol ishtirok etishdi va alloma hayot yo'li, asarlari haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo’lishdi. Shuningdek,14-fevral shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kuni munosabati bilan ham maktabimizda adabiy kecha uyushtirildi.Unda ham sinfimiz o'quvchilari faol ishtirok etishdi. Sinfimiz o'quvchilari ularga o'zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
1-mart Zulfiyaxonim talavvudi munosabati bilan faollar zalida tadbir tashkil qilindi.Unda ham sinfimiz o’quvchilari munosib ishtirok etishdi.
16-mart kuni ichki turizmni rivojlantirish maqsadida va Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan maktabimizning 6-7 sinf o’quvchilari o’rtasida Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. O’quvchilar sayohatdan juda katta ta’surot bilan qaytishdi.
Maktabda l7-mart kuni o'tkazilgan “Navro'z sayli ” tadbirida sinfimiz o'quvchilari bilan ishtirok etdik. Unda o'quvchilar o'zlari tayyorlab kelgan bayram dasturlari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbir o'quvchilarning barchasida iliq taassurotlar qoldirdi.
Sinfda sinf majlislari va ota-onalar majisi o’z vaqtida o'tkazilib borildi. Ularda reja asosida ko'zda tutilgan ishlar haqida gaplashildi. Sinf faollari, sektorlar ishlari nazorat qilindi. Sinfimiz o'quvchilari bilan o'zimizga ajratilgan yer maydonida obodonlik ishlarini olib bordik. Shuningdek, o'quvchilar bilan”Bahorgi ta’til” rejasini ham tuzib oldik.
III chorakni 6-”A” sinf o'quvchilaridan 1 nafari a’lo, 12 nafari zarbdor, hamda 13 nafari esa aralash baholar bilan yakunlashdi. Chorak bo'yicha o’quvchilar bihm samaradorligi 89 %ni, sifat ko'rsatkichi 50 %ni, davomadi esa 100 %ni tashkil etdi.



Sinf rahbari : Mannonov To’lqin

Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling