Sh tarixi ha


Download 128.03 Kb.
bet2/10
Sana17.02.2023
Hajmi128.03 Kb.
#1205883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.JTSN va U 2-III-2

Ikkinchi davr jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va o‘rta asrni oz ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar,

tajribalar orqali yuzaga kelgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, shifokorlar, odam

organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o‘rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar tasirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. Shunga kora bu davr jismoniy mashqlar bilan shugul-lanishning foydasini tashqi ko‘rinishlarga qarab bo’lingan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo‘lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
O‘rta asrning ortalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o‘yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik boyicha dastlabki qollanmalar paydo boldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy Dune qarashlari vujudga keldi (Usmonxo‘jaev T.N. 1995).
Uchinchi davr jismoniy tarbiyahaqidagi nazariy bilimlarni intensiz to‘planishi, uygonish davridan XIX asrning oxirigacha bolgan davrni oz ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o‘qitish, davolashhaqidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammolariga etibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mohiyati haqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy maolumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu maolumotlarhali turlicha, chunki, kopincha o‘sha davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina fanlari tarkibida voyaga etar edi. Yol-yo‘lakay, ammo zarur bolgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari kopincha oz muammolarini jismoniy tarbining rolini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va hayoliy sotsialistlar jismoniy tarbiyada bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat pedagog I.G.Pestalotsii tomonidan (1746-1827) bolalarharakat qobiliyatini rivojlantirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimida bog‘inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika
nazariyasi ichida alohida o‘rinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan

jismoniy mashqlar biomexanikasi bo‘yicha izlanishlar olib borildi, XIX asrda esa jismoniy tarbiya haqida ilmiy- nazariy ishlar vujudga keldi.
Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning orni hamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish yollari aniqlandi. Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu boyicha ilmiy farazlar va bilimlar to‘planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.

Download 128.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling