Sh. X. Xushmurodov atom yadrosi va zarralar fizikasi
Download 0.75 Mb.
|
atom yadrosi va zarralar fizikasi (4)
Barion va g‘alatilik zaryadlar yig‘indisini giperzaryad deb ataladi, Y = В + S, shuning uchun (7.4.2) ni quyidagicha yozaolamiz:
G ‘alatilikning saqlanish qonuni kuchli va elektrom agnit o ‘zaro ta’sirlarda o‘rinli bo‘lib, kuchsiz o‘zaro ta’sirda buziladi. G‘alatilik additiv kattalik, ya’ni murakkab sistemaning g‘alatiligi uni tashkil etuvchilari g‘alatiliklarining arifmetik yig‘indisiga teng. 7.5-§. E lem entar zarralarni sistemaga solishga urinishlar E lem entar zarralar m assalariga qarab kuchsiz o ‘zaro ta ’sirda qatnashadigan leptonlarga, kuchli o ‘zaro ta’sir bilan yuz beradigan jarayonlarda qatnashuvchi adronlarga bo‘linishini ko‘rdik. Fotonlar elektromagnit ta’sirni tashuvchi zarra bo‘lib, u alohida sinfni tashkil etadi. Leptonlar haqiqiy elementar zarralarni tashkil etsa kerak. Leptonlar e, p , r va ularning neytrinolari va antizarralari hammasi 12 ta. Leptonlar yo absolyut barqaror yoki yadroviy masshtablarda juda katta yashash vaqtiga ega. Leptonlar nuqtaviy obyektlardir, ya’ni yuqori energiyalarda ham ichki tuzilishga ega emasligi aniqlangan. Shuning uchun ham leptonlar haqiqiy elementar bo‘lsa kerak. Shu fikrlar fotonlarga ham taalluqlidir. Adronlar soni juda ko‘p, ko‘pchiligi rezonanslardan iborat bo‘lib, juda qisqa yashash vaqtiga ega. Ular elektromagnit strukturaga ega ekanligi tajribalarda aniqlangan. Yuqori energiyali elektronlarning protonlarda sochilishini o‘rganish protonlarning ichida qandaydir diskret tashkil etuvchi markazlar mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Protonningtarkibiga kiruvchi bu nuqtaviy zarralarni R.Feynman partonlar deb atadi. Parton — inglizcha so‘z bo‘lib, bo‘lak, qism degan ma’noni anglatadi. Parton nazariyasi boshqa leptonlarning protonlarda sochilishi, protonlarning protonlarda sochilishida ham tasdiqlandi. K varklar nazariyasi yaratilgach, partonlar kvark, antikvark va glyuonlardan tashkil topgan degan fikr aytildi. Shunday qilib, elementar zarralarni kvarklardan tashkil topgan degan kvarklar nazariyasi yaratildi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling