43
yopinchig‘ingni qo‘yma qish o‘zing bilasan. 3. Aytilgan so‘z
otilgan o‘q. 4. Kimki bo‘lsa dilozor undan elu yurt bezor. 5.
Oradan yillar o‘tdi folklor ansambllari ko‘paydi. 6. Shamolda
qo‘zg‘algan o‘rikning qizg‘ish barglari chang-to‘zonda
suzib
yurardi. 7. Navoiy faqat buyuk shoir emas u ayni vaqtda bilimdon
olim ham bo‘lgan. 8. Xushmuomalalik barchaning ko‘nglini
ko‘taradi vaqtini xush dimog‘ini chog‘ qiladi.
IV bo‘lim.
YOZMA YURIDIK MATNDA
SO‘Z BIRIKMASI VA GAP
9-§. SO‘Z BIRIKMASI VA SINTAGMA
So‘z birikmasining boshqa til birliklaridan farqi
Birliklar
nomi
Xususiyati
Misollar
So‘z
birikmasi
So‘z birikmasi narsa,
belgi yoki
harakatni yakka holda emas, balki
ikki va undan ortiq so‘zlarning
grammatik aloqaga kirishuvi
orqali
ifodalaydi.
Ahmadning
kitobi, olmani
yemoq, yaxshi
xabar, daftarga
yozmoq
So‘z
So‘z leksik hodisa bo‘lib, muayyan
ma’noga ega boshqa so‘zlar bilan
o‘z holicha aloqaga kirishmagan
bo‘ladi.
Osmon, sadaf,
yashil, olg‘a,
zo‘r, astoydil,
kutmoq, lip-lip
Qo‘shma so‘z Qo‘shma so‘zlar xuddi so‘z
birikmasiga o‘xshash usul bilan
yasaladi, ammo qo‘shma so‘z
tarkibidagi qismlarning ma’nosi
saqlanmagan bo‘lib, qo‘shma
so‘zning umumiy ma’nosi orqali
anglashiladi.
Toshko‘mir,
asalari, gulbeor,
belkurak,
bodomqovoq,
bir nima, olib
kelmoq, kirib
chiqmoq.
44
So‘z
qo‘shilmasi
So‘z qo‘shilmasida so‘zlar o‘zaro
teng bog‘lanadi va qo‘shilma
tarkibidagi har bir so‘z ma’no
mustaqilligini, alohida narsalarni
nomlab kelish
xususiyatini saqlab
qoladi.
Uy va tom,
keldi-yu
indamadi, pista
bilan bodom,
o‘g‘il-u qiz.
Ibora (turg‘un
bog‘lanma)
Turg‘un bog‘lanmalarda so‘zlar
ma’noviy butunlik uchun birlashgan
– yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik
ma’no anglatadi. Shuning uchun
turg‘un bog‘lanmaga bir so‘z sifatida
qaraladi.
Qo‘li ochiq,
qulog‘iga
quymoq, to‘nini
teskari kiymoq,
kapalagi
uchmoq.
Gap
Gap ham so‘zlarning grammatik
birikuvidan hosil bo‘ladi va ma’lum
bir fikrni, tasdiq va inkor hukmni
ifodalaydi.
Sinovdan o‘tdim.
Sizga omad
yor bo‘lsin.
Bu kitobni
o‘qimagansiz.
Do'stlaringiz bilan baham: