Шаҳар (туман )


MAZMUNLI BO’LIM 4.1 DASTURIY USLUBIY MAJMUA


Download 0.55 Mb.
bet5/13
Sana05.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1430998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-4 ёш

4. MAZMUNLI BO’LIM

    1. 4.1 DASTURIY USLUBIY MAJMUA

MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSADI


Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

MTTda TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH TAMOYILLARI


Tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kutilayotgan natijalarni, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan davlat o‘quv dasturini amalga oshirishda ta’minlanishi kerak bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitning xususiyatlarini, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish va rivojlantirishdagi yondashuvlarni tavsiflaydi.

QO‘SHIMCHA TA’LIM XIZMATLARINI TASHKIL ETISH


Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari MTT tomonidan tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, bolalar, oilalar va mahalliy hamjamiyat manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
TA’LIM OLISHDA ALOHIDA EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI (INKLYUZIV TA’LIM)
Inklyuziv yo‘nalishdagi ta’lim va tarbiya jarayoni davlat o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, uning asosida individual-moslashtirilgan dasturlar ishlab chiqilishi mumkin. Bunday individual inklyuziv dasturda alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning ta’lim olishi, rivojlanishi, ishtiroki va farovonligi uchun barcha mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etadigan o‘quv muhiti va o‘qitish usullarini moslashtiradi.

OTA-ONALAR VA MAHALLIY HAMJAMIYAT BILAN


HAMKORLIK

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorligi maktabgacha ta’lim sifatining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik bolalarning ta’lim olishi, farovonligi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. MTT ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan o‘zaro munosabatlarning turli shakllarini amalga oshirish. bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari bo‘yicha ota-onalarning malakalarini rivojlantirish va takomillashtirish (seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat, konferentsiya, davra suhbati, pedagogik mehmonxonalar va boshqalar);

  • muntazam ravishda muloqot (kommunikatsiya)ni ta'minlash (ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlagan holda pedagoglarning ota-onalar bilan online va offline uchrashuv va yig‘ilishlarni o‘tkazishi, elektron xabarlar almashishi, bolaning rivojlanishi haqida ma'lumot berishi va boshqalar);

  • ota-onalarni guruh va/yoki maktabgacha ta’lim tashkilotiga ko‘ngillilik faoliyatiga jalb etish (rivojlantiruvchi muhitni yaratishda ishtirok etish; xavfsiz muhitni ta’minlash; o‘yinlar tashkil etish; qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish; ko‘rgazmalarni bezash, mashg‘ulot, bayram va tadbirlarni tashkil etish va ularda birgalikda qatnashish);

  • ota-onalarga uyda bolaning o‘qishni davom ettirishida (tashkil etishda) ko‘maklashish (topshiriqlar haqida ma'lumot berish, resurslar bilan ta'minlash, bolaning rivojlanishi va ta’lim olishini kuzatish, o‘quv dasturi doirasida bolalar loyihalarida ishtirok etish va boshqalar);

  • maktabgacha ta’lim tashkilotiga oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etish (kuzatuv kengashi va ota-onalar qo‘mitasi bilan ishlash, ularning faoliyati to‘g‘risida ota-onalarni xabardor qilish, umumiy va guruhlarning ota-onalar yig‘ilishlarida qatnashish, maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi dasturlarini yaratish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolaning qiziqishlariga qarab maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘shimcha xizmatlarni tanlash);

bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchay- tirish (maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishda mahalliy hamjamiyat resurslaridan foydalanish, hududdagi muzeylar, istirohat bog‘lari, hunarmandlar ustaxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish, mahalliy hokimlik yetakchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularni guruhlarga va ota-onalar ishtirokidagi tadbirlarga taklif qilish, ochiq eshiklar kuni va bayramlar tashkil etish).

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling