Шаблон презентации "Планшет"


Download 27.04 Kb.
bet6/9
Sana06.04.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1335283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raqami iqtisodiyot mustqaril ish

Raqamli iqtisodiyot
Hozirda kompyuterlarni qo`llashda ko`pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta`riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo komp’yuter tarmog’i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko`rish mumkin.
Uzatish kanallari orqali o`zaro bog’langan komp’yuterlar majmuiga komp’yuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo`lib foydalanishni taminlaydi.
Komp’yuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk,printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma`lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi komp’yuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o`zgartirib yubordi, xizmat ko`rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo`lib foydalanishni tashkil etish.Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o`rtasida ma`lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta`minlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global komp’yuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma`lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi.
Raqamli iqtisodiyot
Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Komp’yuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan hududiy ta`minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko`ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar (WAN, Wide Area Network) butun dunyo bo`yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko`pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi eHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo`ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling