Shahar ekologiyasi fаnining mаqsаdi, boshqа fаnlаr bilаn bog’liqligi
Download 48.45 Kb.
|
javoblar
21., Chiqindilаr hаqidа tushunchа. Chiqindilar – ishlab chiqarish va iste'mol jarayonida hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim mahsulotlar, boshqa mahsulotlar yoki narsalar qoldiqlari, shuningdek o‘zining xaridorgir xususiyatini yo‘qotgan mahsulotlar (tovarlar) Iste'mol chiqindilari – ma'naviy va fizik jihatdan chegaralanganligi natijasida o‘zining iste'mol xususiyatini yo‘qotgan materiallar va mahsulotlar. Ishlab chiqarish chiqindilari – mahsulot, energiya, ish bajarishda (xizmat ko‘rsatishda) hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim mahsulotlar, shuningdek to‘liq yoki qisman iste'mol xususiyatini yo‘qotgan, ishlab chiqarish jarayonida yo‘l yo‘lakay hosil bo‘lgan qo‘llanmaydigan qoldiqlar, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, qo‘shimcha mahsulotlar, foydali qazilmalar olinayotganda hosil bo‘ladigan yaroqsiz moddalar. “Chiqindisiz texnologiya” inson ehtiyojlarini qondirish, bilim, usullar va vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan unumli foydalanishni ta'minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir. “Chiqindisiz texnologiya” - bu mahsulotning shunday ishlab chiqarish usuliki, unda xom-ashyo - ishlab chiqarish - iste'mol qilish - ikkilamchi xom-ashyo resurslari siklida energiya va 22 xom-ashyolardan unumli va kompleks ravishda qo‘llaniladi va tabiiy muhitga yetkazilgan har qanday ta'sir uning normal holatidan chiqara olmaydi. Ushbu ta'rifda 3 holatni ajratish mumkin: 1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil etadi. 2. Xom-ashyo tarkibidagi barcha komponentlardan unumli foydalanish, iloji boricha energiya resurslari potensialidan to‘laroq foydalanishning majburiyligi. 3. Chiqindisiz texnologiya tabiiy muhitga ta'sir qilib uning normal ishlashiga ta'sir etmaslik.
Download 48.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling