Shahar ele


Download 138.4 Kb.
bet1/2
Sana04.05.2023
Hajmi138.4 Kb.
#1424029
  1   2
Bog'liq
21 маъруза Шаҳар электр тармоқларида электроэнергияни ҳисобга2 uz-assistant.uz



Shahar elektr tarmoqlarida elektroenergiyani hisobga olish va nazorat qilish.
Hisobga olish va nazorat qilish tizimlarining qurilish prinsipi nazariyasi

Reja:


1. Hisobga olish va nazorat qilish tizimlarining qurilish prinsipi nazariyasi.
2. Energiyani nazorat qilish.
3. Energetik taftish asboblari.
4. Energiya isteʼmolining samaradorligini baholash.

Energetik taftish asboblari. Energetika nazorati ko‘p bosqichdan iborat. Ular oddiy ѐki mufassal tekshirishlar natijalarini o‘z ichiga olib, namunaviy tyekshirish va reja bo‘yicha tekshirishlarning natijalari bilan tasdiqlanadi. Nazorat uchun ajratilgan vaqt korxonaning turi va hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Energiyani avvaldan taftish qilish. Avvaldan taftish qilish ѐki tekshirish energiya taftishida muhim bosqich bo‘lib, boshlang‘ich maʼlumotlarni yig‘ishni taʼminlash uchun xizmat qiladi. (Davlat energiya nazorati). Nazorat paytida murakkab bo‘lmagan asboblar ѐrdamida nisbatan qisqa muddat ichida olingan maʼlumotlardan foydalaniladi. Boshlang‘ich nazorat kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun bir ѐki ikki kunda o‘tkazilsa, katta korxonalar uchun esa bir haftadan ko‘p vaqt talab etadi. Energiyani sinchkovlik bilan energetik nazorat qilishdagi muhim maʼlumotlar talabni va energiya isteʼmol sohasini belgilangan holda texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar majmuasini yaratib, ularni bajarish esa energiya tejamkorligiga olib keladi.
Energiyani nazorat qilish. Sinchkovlik bilan energiyani nazorat qilish - bu asbob-uskunalar, o‘lchov asboblari ѐrdamida ko‘p energiya isteʼmol qiluvchi ishlab chiqarish jaraѐnlarini va jihozlarini tekshirishdir.
Energiya nazoratchilarida portativ ko‘chirib o‘quvchi asbob- uskunalar, o‘lchov asboblari bo‘lishi kyerak. Ular ѐrdamida kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lib, energiya isteʼmolining hajmini aniqlab, energiya tejalishini tadqiq qilish imkoniyati hosil bo‘ladi.
Energetik tekshirishlar o‘tkazish uchun quyidagi sakkizta bosqich bajarilishi kerak.
1. Vaqtdan unumli foydalanib korxonaning muhim hududlarini byelgilab, loyiha-reja tuzish.
2. Standart hujjatlardan foydalanib ishlab chiqarishdagi energiya isteʼmoli haqidagi asosiy maʼlumotlar yig‘iladi.

3. Zavod miqѐsidagi sinovlarni o‘tkazish va energiya isteʼmoli haqida uni foydali ekanligi haqida maʼlumotlar olish yo‘llarini qidirib topish.
4. Butun jaraѐn va asosiy jihozlar uchun hamda butun zavod uchun energetik muvozanat va uning samaradorligini hisoblab topish.
5. Energiya tejamkorligiga olib keluvchi va foydaliligini oshiruvchi texnik xizmat ko‘rsatish va boshqarish amaliѐtini o‘rnatish.
6. Yirik investisiyalar, jihozlarni almashtirishni talab qilmaydigan energiya tejash imkoniyatlarini aniqlash.
7. Korxonada enyergiya tejash bo‘yicha, iqtisodiy va isrofini kamaytirish bo‘yicha javob beradigan aniq rejani ishlab chiqish.
8. Energiya nazorati bo‘yicha xulosalar, iqtisod qilish hamda energiya tejamkorligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan hisobotni tayѐrlash.
Energetik taftish asboblari. Hozirgi paytda turli xil o‘lchov asboblari ishlatiladi, ularni 4 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ko‘rsatuvchi 2. Yozib oluvchi
3. Integrallovchi ѐki yig‘uvchi 4. Nazorat qiluvchi
Ko‘rsatuvchi o‘lchov asboblari:
Ko‘pchilik hollarda barcha talablarni ko‘rsatuvchi o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlari qoniqtiradi. Ko‘pchilik xollarda xotiraga maʼlumotni joylashtirish va uni ѐzib olish kerak bo‘ladi.
Maʼlumotni ѐzish usullari: a) qo‘lda,
b) avtomatik ravishda
Yozib oluvchi ѐki qayd qiluvchi o‘lchov asboblari. Bunday asboblar tok, kuchlanish, harorat va hokazolar taʼsirida siljuvchi siѐh, grafik ѐzuvni tasvirlovchi chiziqlar chizadi.
Integrallovchi o‘lchov asboblari. Ko‘rsatuvchi va qayd qiluvchi o‘lchov asboblari ulash talablarini qoniqtirsa, ko‘pchilik hollarda butun davr bo‘yicha maʼlumotlar olish lozim bo‘ladi. Shu maqsadda integrallovchi o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Asosan bunday asboblar mexanik
ѐki elektrik bo‘ladi.
Nazorat qiluvchi o‘lchov asboblari. Avtomatik nazorat qiluvchi va boshqaruvchi maʼlum sinfdagi o‘lchov asboblari

Download 138.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling