Shahar tumani umumiy o’rta ta’lim maktabi Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi
Download 342.72 Kb.
|
Jismoniy-tarbiya-ish-rejasi-2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-sinf 1-chorak (18 s oat )
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: ertalabki gimnastika mashqlarining majmuasini mustaqil tuza oladi; eniga o‘rnatilgan gimnastik “kozyol” ustidan tayanib sakray oladi (o‘g‘il bolalar); eniga o‘rnatilgan dastakli gimnastik “kon” yon tarafidan sakrab tusha oladi (qiz bolalar); past turnikda osilib tura oladi; gimnastik o‘rindiqda qo‘llarga tayanib, bukib va yoza oladi;. bir oyoqda muvozanat saqlab, ikkinchi oyoqni bukkan holda oldinga uzatib tura oladi; ketma-ket oldinga va orqaga umbaloq osha oladi; uzunlikka va balandlikka sakray oladi va turli masofalarga yugura oladi;
futbol to‘pini aniq mo‘ljalga yo‘naltira oladi; kurash atamalarini biladi; shaxmatda farzin yordamida mot qila oladi. NAZARIY BILIM ASOSLARI Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Sog‘lom turmush tarzining ahamiyati. Sport bilan shug‘ullanishda to‘g‘ri ovqatlanish tartibi. Davolash gimnastikasining inson organizmiga ta’siri. Shikastlanganda birinchi ti bbiy yordam ko‘rsatish. Ertalabki gimnastika mashqlarining majmuasini mustaqil tuzish tartibi. Sport va badiiy gimnastika, akrobatika turlari haqidama’lumot. “O‘zbekiston iftixorlari” haqida tushuncha.To‘g‘ri qad-qomatini shakllantirish, to‘g‘ri nafas olish va yurak urishini tekshirish. Tezkorlik, kuchni o‘stiruvchi mashqlar. Yozgi va qishki olimpiada musoboqalari haqida ma’lumot. Sport o‘yinlari texnikasini, taktikasini rivojlantirish va mustahkamlash. Futbolda irodaviy va psixologik tayyorgarlikning ahamiyati. Futbol o‘yinining taktikasi. Futbol o‘yinining qoidalari. Kurashning jahon maydonidagi shiddatli rivojlanishi. Kurash musobaqalarining mohiyati va unga qatnashish uchun kurashchilarga qo‘yiladigan talablar.Kurash paytida shikastlanishdan saqlanish yo‘llari.Kurash texnikasi va taktikasi.Suzishning barcha usullarini o‘rgatish.O‘rganilgan usullar bilan erkinsuzish. Ma’lum masofaga turli tezlikda (eng kam qulochkashlash orqali) suzish.
Download 342.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling