Shahar yo‘llari va ko‘chalarining arxitektura landshaft yechimlari


Download 384.09 Kb.
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi384.09 Kb.
#1786132
1   2   3
Bog'liq
1 Mavzu “Shahar yo‘llari va ko‘chalarining arxitektura landshaft

landshaft loyihalash – bir nechta birgalikda yyechiladigan masalani qamrab oladi:
yuqori tezlikdagi avtomobillarning qulay va xavfsiz harakatini ta’minlash
uchun trassa elementlarini o’zaro bir tekis uyg’unlashtirish. Trassani bir tekis
fazoviy chiziq kabi o’tkazish;
haydovchi harakatlanish davomida kutilmagan yo’l sharoiti bilan
to’qnashmasligi uchun yo’l hududsining yo’nalishi bo’yicha kerakli darajada
ko’rish masofasini ta’minlash, yo’lning ko’rinadigan hududsi va yo’l cheti
yo’lakchasi unga avvaldan yo’nalishning o’zgarishi to’g’risida ogohlantirishi;
perspektivada ayrim hududlarning ko’rishini ta’minlash uchun haydovchi
tomonidan qabul qilingan asoslanmagan juda qiya trassaning sinishlarining
bo’lmasligi;
tabiatning chiroyini yanada ochish uchun yo’l va uning hamma elementlarini
garmonik uyg’unlashtirish, mehmonnavo joylarga e’tiborni jalb etgan holda
yo’lning tabiiy landshaft qonuniyatlarini buzishning oldini olish;
joylardagi aholi, yo’l chetidagi o’simliklar va hayvonot dunyosiga yo’l va
avtomobil harakatining yomon ta’sirini kamaytirish;
yo’lda ko’rinishi mumkin bo’lgan yo’lakchaning tabiiy landshaftini daraxtlar
va butalar ekish bilan, rejalashtirilgan va qurituvchi ishlar olib borish, suv
havzalarini yaratish, uning ayrim hududlarini yanada ochish yoki maskirovka 17
qilish, to’xtab turish yoki dam olish uchun joylarni jihozlash, avtomobil yo’llaridan
foydalanish davrida yo’l polosasini ifloslantirishning oldini olish uchun tadbirlar
qo’llash bilan to’ldirish va yaxshilash.
Yo’l landshaftining hamma elementlari – qatnov qismi va yo’l poyi,
ko’priklar, chiziqli binolar, yashil o’simliklar, jihozlar, yo’l sharoiti – bitta
arxitektorlik ansamblni tashkil etadi, u ma’lum bitta arxitektorlik shakliga ega
bo’lishi kerak. Amaliyot yuqorida ko’rsatilgan masalalar to’g’ri hal qilingan
bo’lsa, yer ishlari hajmining kamayishi bilan qurilishning baxosi kamayishini
ko’rsatadi.
Birinchi uchta masala haydovchilar uchun yo’lning suyurligi va psixologik
aniqligini ta’minlashga qaratilgan. Ularga qo’yiladigan talabning kompleksi
trassaning ichki garmoniyasidan kelib chiqadi. Trassaning ichki garmoniyalilik
masalasini yyechishda fazoda o’ziga xos bo’lgan sharoitni atrofdan muhofaza qilib
qaraladi. Bu yo’nalish o’zgarganda uning elementlarining matematik
qonuniyatlarining ratsional birlashuvini shakillashtirish imkonini ko’z bilan qabul
qilish nuqtai nazaridan va avtomobil dinamikasiga qo’yiladigan talabdan kelib
chiqib beradi.
Oxirgi uchta masala yo’l va yo’l yoqasi yo’lakchasini muvofiqlashtirishni
maqsad qiladi, chunki usiz (trassaning tashqi uyg’unligi) yuqori transportfoydalanish tavsifli yo’lni loyihalash mumkin emas.
Yo’lning landshaft bilan uyg’unlashuvi landshaft elementining ichki
qonuniyatlarini va ularning nisbatini yo’lning o’z o’lchamlari bilan birgalikda
asoslangan bo’lishi kerak – bu masshtab talabidir. Ikkala holatda ham yo’lning
elementalirini o’zaro muvofiqlashtirishda, shuningdek yo’lning landshaft bilan
uyg’unlashuvi elementlari ratsional nisbati, ularning muvofiqlashuvi, hosil
bo’ladigan fikrning umumiy butunligidan iboratdir.
Landshaft qonuniyatlarini aniqlashtirishning asosi geomorfologik tahlili
bo’lishi kerak, u relyef strukturasini aniqlash va uning birlamchi va ikkilamchi
elementlarini ajratishdan iborat. Misol tariqasida sochiluvchan qumli eolliy tepalik
relyeflarni ko’rsatish mumkin. Yaqin masofadan kuzatuvchiga u tasodifiy, 18
qandaydir qonuniyatga ega emasdek ko’rinadi. Ammo aerofotorasmlar ularni
egatlar guruhiga (butali barxanlar, zanjirli barxanlar, egatli qumlar) talluqliligini
ko’rsatadi, bu holatlarda yo’llarni qurish amaliyoti trassalashning ma’lum
usulining ishlab chiqilganini ko’rsatadi.
Yo’lni landshaft bilan uyg’unlashtirish yo’lning transport-foydalanish
sifatini ta’minlashga qarshi bo’lmasligi kerak. Bu loyihalovchi uchun doimo
psixologik qiyinchilik tug’dirgan. Hozirgi zamon transportining vazifasi – yuk
tashishni juda qisqa vaqtda amalga oshirishdir – ya’ni harakatni eng qisqa
y o’nalishda tashkil qilishdir.
Download 384.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling