Shaharlar aholisining soni


Tabiiy shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi


Download 25.98 Kb.
bet3/6
Sana13.02.2023
Hajmi25.98 Kb.
#1194114
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
baha

Tabiiy shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi: - geomorfo logik shart-sharo itlar; -geologik tuzilish; -gidrogeologik shart-sharoitlar; -mineral xom ashyo resurslari; - injener-geologik shart-sharoitlar; -iqlimiy shart-sharoitlar; -gidrologik shart-sharoitlar; -tuproqlar; -o ‘simlik va hayvonot dunyosi; -landashft tavsifi
Geomorfologik shart-sharoitlarni tahlil qilganda relefning morfologik va morfometrik elementlariga alohida e ’tibor beriladi: shakliga, genetik turiga, absolyut va nisbiy balandliklariga, erozion bo‘linish chuqurligi va qalinligiga, qiyaliklarga.
Gidrogeologik shart-sharoidarni tahlil qilganda yer osti suvlarining suv eltuvchi gorizontlari, ularning tarqalishi. chuqurligi, suvga to‘yinganligi, kimyoviy tarkibi va agressivligi kabi tavsiflari beriladi.
Mineral xomashyo resurslari sanoat ishlab chiqarishi yoki kurort xo‘jaligini rivojlantirish bazasi sifatida tavsiflanadi.
Hududni tahlil qilishning asosiy maqsadi - ko‘rilayotgan hudud tabiiy shart-sharoitlari va resurslarining tahlil qilish va baholash orqali undan turli xil sohaiarda foydalanishga yaroqliligini aniqlash: shahar qurilishiga, qishloq va o ‘rmon xo‘jaligiga, aholining ommaviy dam olishi uchun hududni tarhiy tashkil etishga boMgan talablarni aniqlashdir Hayvonot dunyosining tahlili ularning xo‘jalik ahamiyati va tabiat muhofazasi talablaridan kelib chiqib o ‘tkaziladi. Hayvonot dunyosi turlarning tarqalishi, ularning ekologik xususiyatlari, yashash sharoitlari bilan tavsiflanadi. X o‘jalik ahamiyatidagi (chorvachilik, ov qilish, baliq xo‘jaligi) va muhofaza qilish kerak boMgan kamyob turlar ko‘rib chiqiladi. Hayvonot dunyosi to‘gM'isidagi materiallar alohida turlarning tarqalish xaritalaridan, qishloq xo‘jaligi va baliq xo‘jaligi institutlaridan, tabiat muhofazasi jamiyatlaridan olinadi.
Yangi shahar uchun hudud tumanni rejalashtirish materiallari asosida tanlanadi. Bunda qurilish uchun tanlanayotgan hudud quyidagilarga ega bo’lishi kerak: - shaharning kelajakda kengayishi imkoniyatlarini hisobga olib qurilishning barcha turlarini joylashtirishga etadigan o’lchamga; - sanoat, turar-joy va jamoat binolarini qurishga, hamda qimmatli injenerlik ishlarisiz ko’kalamzorlashga imkon beradigan tabiiy sharoitlarga; - shaharning tegishli qismlarini temir yo’l va avtomobil tarmog’iga qulay qo’shilishini hisobga olgan holda shaharning turli funksional qismlarini maqsadga muvofiq holda joylashtirish uchun qulay sharoitlarga etarlicha yaqin energiya va suv ta’minoti manbalariga ega bo’lishi lozim. Shahar tarxi loyihasi kelajak qurilish hududini shaharsozlik tadqiq qilishga asoslangandir. Bunda bu hududda quyidagi tadqiqotlarni o’z ichiga olgan tahlil o’tkaziladi: - tabiiy-iqlimiy - harorat, insolyasiya, namlik va shamol rejimini, landshaft va relef, suv havzalari va o’rmon massivlari turli shakllarida baholash; zamin va o’simliklarning tuproq sharoitlarini baholash; - tabiiy landshaftni baholash - hududni detal topografik o’rganish, relef shakllari gidrogeologik va gidrologik rejim, geologik tuzilish va tuproqlarning ko’tarish qobiliyati, suv toshadigan va er osti suvlari ko’tariladigan maydonlar, erroziya va jarlik 56 hosil bo’lishi va boshqa aniqlashtirilgai xarakteristikalar bilan injener-qurilishni baholash; - hududni ma’moriy-landshaft o’rganish - bu shaharni va uning me’moriy ansambllarining me’moriy-tarxiy kompozitsiyasini yaratish uchun lozim. Bunda joyning perspektivalari va bo’lajak imoratlar panoramalari, asosiy ko’rinish nuqtalari aniqlanadi, landshaftning turli xil elementlari, ko’kalamzor, suv va ochiq hududlarning muvofiqligi tahlil qilinadi. Tabiy-iqlimiy omillar. Ma’lum bir hududda ko’p yillar davomida kuzatilgan va ushbu er qoplamasiga (tuproqning ustki qatlami, suv, o’simliklari va boshqalar) bog’liq bo’lgan ob-havoning yil mobaynidagi qonuniy jarayonlari umumiy qilib iqlim deyiladi

Download 25.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling