Шахарсозлик нормалари ва қоидалари
Download 250.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1- amaliy
ШАХАРСОЗЛИК НОРМАЛАРИ ВА ҚОИДАЛАРИ
ТУРАР – ЖОЙ БИНОЛАРИ ШНК 2.08.01-05
ЖИЛЫЕ ЗДАНИЯ
Расмий нашр (ўзбекча-русча)
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ДАВЛАТ АРХИТЕКТУРА ВА ҚУРИЛИШ ҚЎМИТАСИ Тошкент – 2006
UDK/69+728.1.01/(0.83.74) SHNK 2.08.01-05 «Turar-joy binolari» O’zR Davarxitektqurilish qo’mitasi
ISHLAB CHIQQAN ILMGOHLAR: O’zLITTI: arx.T.P. Zimakova – mavzu rahbari, arx.D.U.Mardiyeva, arx.N.A. Maxkamov, t.f.n. E.A. Nasonov, mux. A.V. Bubnov. Ishtirokchilar: O’zR SSV SGKKITI (tb.f.n. M.R. Qo’chqarova), O’zR IIVYOXBB (A.X. Yakubov, N.R.Sultanayev, A.I.Yuldashev), O’zqishloqloyiha arx. (M.U.Umarov). O’zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo’mitasining «O’zLITTI» YOJ tomonidan KIRITILDI MUXARRIRLAR: T.A.Maqsumov (Davarxitektqurilish), S.A. Xodjayev, L.A. Muxamedshin, T.P.Zimakova (O’zLITTI» YOJ).
Tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo’mitasining loyiha tadqiqot tashkilotlarini boshqaruvi va monitoringi Boshqarmasi tomonidan TAYYORLANADI.
SHNK 2.08.01-05 «Turar-joy binolari» amalga kiritilishi bilan, QMQ 2.08.01-94 «Turar-joy binolari» o’z kuchini yo’qotadi.
KELISHILGAN: O’zR SSV, O’zRIIVYOXBB, O’zRFVV. TARJIMON: IBRAGIMOV A.X.
Ushbu xujjat O’zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishning ruxsatisiz to’liq yoki qisman takroriy ishlab chiqilishi, ko’paytirilishi va tarqatilishi mumkin emas.
1. NORMATIV XUJJATLARGA ILOVA SHNK 2.07.01-03 «Shaxarsozlik. Shaxar va qishloq manzilgoxlarni rejalashtirish va qurish». SHNK 2.01.02.-04 «Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi». KMK 2.08.02.-96 «Jamoat binolari va ishootlari». KMK 2.07.02-96 «Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojini va axolining kamxarajatlanuvchi guruxlarini hisobga olgan xolda loyihalash» KMK2.01.01-94 «Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlar». KMK 2.01.03-96 «Zilzilaviy xududlarda qurilish». KMK 2.01.05-98 «Tabiy va sun’iy yoritish». KMK 2.01.04-97 * «Qurilish issiqlik texnikasi». KMK 2.01.08-96 «Shovqindan himoyalanish». KMK 2.01.07-96 «Yuklar va ta’sirlar». KMK 2.01.18-2000 «Binolar va inshootlarni isitish shamollatish uchun energiya sarfi me’yorlari». VSN01-89 «Avtomobillarga xizmat ko’rsatish korxonalari». KMK 2.04.01-98 * «Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi». KMK 2.04.05-97 * «Isitish, Ventilyatsiya va konditsiyalash». KMK 2.04.17-98 «Turar-joy va jamoat binolarining elektr jixozlari». KMK 2.04.20-98 «Turar-joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalari». SNIP 2.04.09-84 «Bino va inshootlarni yong’indan saqlash avtomatikasi». KMK.2.03.10-95 «Tomlar va tomqoplamalar». KMK 3.05.01-97 «Ichki sanitariya-texnik tizimlar». KMK 3.03.01-98 «Yuk ko’taruvchi va to’suvchi konstuksiyalar». GOST 25772-83 * «Zina, balkon va tomlarni po’lat to’siqlari. Umumiy texnik talablar».
2. UMUMIY KO’RSATMALAR. Sanitariya-gigiena talablari, yoritilganlik, insolyatsiya va shamollatish. 2.1. Turar-joy binolari qurish va rekonstruktsiyalash O’zbekiston Respublkasi xududida amal qilayotgan qurilish normalari va qoidalari talablari asosida bajarilgan loyihalar bo’yicha amalga oshirilishi kerak. Turar-joy binolarini loyihalashda odamlarning sog’lig’i va hayotini saqlash, atrof-muxitni saqlash, uzoq
vaqtga chidamlilik, ta’mirlashga yaroqlik, energiyatejamliligini ta’minlovchi choralar va boshqa talablar amal qilayotgan me’yoriy xujjatlarga muvofiq ko’zda tutilishi kerak. 2.2. Turar-joy binolarini shaxar va qishloq xududlarida joylashtirishni shaxarsozlik loyihasi bo’yicha SHNK 2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 2.3. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozitsion-tarxiy yechimlari, shaxarsozlik loyihasiga muvofiq, ushbu normalar talablariga, yong’in va zilzila xavfsizligi SHNK 2.01.02 va KMQ 2.01.03) talablariga binoan aniqlanadi. Ommaviy uy-joy
qurilish uchun
4-qavatdan baland
bo’lmagan; Oqovalashtirilmagan (kanalizatsiyalashtirilmagan) shaxar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo’llanilishi lozim. 9-12 qavatli binolar yirik shaxarsozlarning markazida qurish uchun qo’llash mumkin; 16
qavatli binolar
maxsus (alohida) asoslar bo’yicha va Davarxitektqurilishning ruxsati bo’yicha qo’llaniladi. Qariyalar va nogironlarni joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan kvartirali turar-joy binolar, hamda internat-uylar 3 qavatdan baland bo’lmasligi kerak. 2.4. Ko’pxonadonli va ixtisoslashtirilgan turar-joy binolari loyihalariga foydalanish bo’yicha yo’riqnoma ilova qilinishi, shu jumladan yashaladigan qismiga va yashalmaydigan jamoat xonalariga. Yo’riqnomada foydalanuvchi va ta’mirlovchi tashkilotlarga, kvartira egalari, bino ichidagi va taqab solingan xizmat ko’rsatish xonalari ijarachilariga xavfsiz foydalanish uchun zarur bo’lgan barcha malumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
2.5. Turar-joy binosini qayta-tiklash loyihasida binodan foydalanish jarayonida kelib chiqqan konstruktiv sxemadagi o’zgarishlar, shu jumladan yangi (qo’shimcha) paydo
bo’lgan proyomlarni hisobga olgan xolda, bino konstruktsiyalariga tushadigan yuklarni o’zgarishlari hisobga olinishi kerak. Qayta-tiklash loyihasi o’rnatilgan tartibda manfaatdor tashkilotlar, shu jumladan uy- joy egalari bilan kelishilishi kerak.
Download 250.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling