Shahmat tarixi va qoidalari
Download 35 Kb.
|
Shahmat docc
Shahmat tarixi va qoidalari Reja 1 shahmat tarixi 2shahmat qoidalari 3 shahmat boyicha johon chempionlari 1984-1990-yillarda shaxmat bo'yicha o'n ikkinchi va o'n uchinchi jahon chempionlari Anatoliy Karpov va Garri Kasparov jahon chempioni unvoni uchun 5 ta o'yin o'tkazishdi. XIX-asr o'rtalarida dastlab turli shahar va davlatlarning eng kuchli shaxmatchilari o'rtasida o'yinlar shaklida asrning ikkinchi yarmidan esa xalqaro turnirlar ko'rinishida xalqaro musobaqalar tizimi paydo bo'ldi.1886-yil Vilgelm Steynis Iogann Sukertortni mag'lub etdi va shaxmat bo'yicha 1-jahon chempioni deb e'lon qilindi.Shu musobaqadan keyin shaxmat bo'yicha jahon chempionatlari tarixi boshlandi. 1924-yil Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tashkil etildi. 1946-yili to'rtinchi jahon chempioni Aleksandr Alyoxin vafotidan keyin keyingi unvon egalari FIDE tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida sportcha tanlov tizimi tomonidan tasdiqlanardi.XX-asr oxirida shaxmatda bo'linish yuz berdi: Jahon chempioni Garri Kasparov va raqibi Naydjel Short FIDE homiyligida bo'lmagan yana bir o'yin o'tkazdilar va 1993-2006-yillarda bir vaqtning o'zida FIDE bo'yicha jahon chempionlari va "Klassik" yo'nalish bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. 2006-yildan jahon chempionati qur'a tashlash marosimi birlashtirildi va 2013-yildan beri uni norvegiyalik Magnus Karlsen o'tkazmoqda. XX-asrning ikkinchi yarmida dunyoda kompyuter shaxmati rivojlana boshladi.1979-yillarda dasturlar juda zaif darajada o'ynagan bo'lsa,1997-yilda IBM tomonidan ishlab chiqilgan "Deep Blue" kompyuteri o'sha vaqtda amaldagi jahon chempioni Garri Kasparovni 3,5:2,5 hisobda mag'lub etdi.20-asrning ikkinchi yarmida dunyoda kompyuter shaxmati rivojlana boshladi.XXI-asr boshlariga kelib shaxmat dasturlarini kuchliligi insoniyat tomonidan tan olina boshlandi. Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi: Shoh — 1 dona Farzin — 1 dona Rux — 2 dona Fil — 2 dona Ot — 2 dona Piyoda — 8 dona Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin. Hozirgi koʻrinishdagi shaxmat hind shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan. Bugungi kunda shaxmat eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham koʻriladi.
Jahon shaxmat chempioni tushunchasi 19-asrning birinchi yarmida paydo bo'lgan va "jahon chempioni" iborasi birinchi marta 1845-yilda paydo bo'lgan. O'sha vaqtdan buyon, shaxmat bo'yicha bir nechta shaxmat ustalari nomini rasmiy va norasmiy tarzda e'lon qilishgan , ammo ushbu maqolada biz faqatgina World Chess Champions deb e'tirof etilgan shaxslarga murojaat qilamiz. ad
Jahon shaxmat chempionati Shaxmat bo'yicha jahon shaxmat chempionati (ba'zan qisqartirilgan WCC) shaxmat bo'yicha jahon chempionini aniqlash uchun o'tkaziladi va 1948 yilgacha jahon chempionatining musobaqalari chempioni shartlarni belgilab bergan futbolchilar o'rtasida alohida tartib o'rnatildi va har qanday raqibni katta ulushni oshirib, mag'lubiyatga uchratdi. nomini da'vo qilish uchun chempionlikni qo'lga kiritdi. 1948 yildan 1993 yilgacha jahon chempionati Jahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan boshqarilgandi, ammo 1993 yilda chempioni Garri Kasparov FIDEdan ajralib chiqdi va bu raqobatdagi PCA chempionatining yaratilishiga olib keldi. Unvonlari 2006 yilgi Jahon shaxmat chempionatida birlashtirildi. Bugungi jahon chempioni Magnus Karlsen jahon chempioni bo'lgan Vishvanatan Anandga qarshi g'alaba qozondi va 2017 yili Jahon shaxmat chempionatida va Sergey Karjakinga qarshi Anandga qarshi unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi; Karlsen 2018-yil mart oyida Jahon shaxmat chempionatida yana o'z nomini himoya qilishga kirishdi.
Hozirgi jahon chempioni Vishvanatan Ananddir. U 2007-yildan beri shu unvonni saqlab kelmoqda. Pеdagog xodimlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsion o‘quv mеtodik qo‘llanma” tanlovi natijalariga ko’ra g’olib deb topilgan qo’llanmalar elektron kutubxonaga joylandi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturining 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da bеlgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida pеdagog xodimlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsion o‘quv mеtodik qo‘llanma” tanlovi tashkil etildi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbеkiston Xalqaro shaxmat akadеmiyasi o‘qituvchilari B.Xolmirzayеv, A.Asralxodjayеv, C.Nazarov, A.Razzoqovlar tomonidan ishlab chiqilgan “Shaxmat” nomli o‘quv-mеtodik qo‘llanmasi 1-o‘rin, Urganch davlat univеrsitеti o‘qituvchisi D.Yaqubovaning “Shaxmatning boshlang‘ich asoslari” nomli o‘quv-mеtodik qo‘llanmasi 2-o‘rin hamda Tеrmiz davlat univеrsitеti o‘qituvchisi N.Norboyеvning “Shaxmat nazariyasi va mеtodikasi” nomli o‘quv-mеtodik qo‘llanmasi 3-o‘rin g‘olibi dеb topildi. Ushbu adabiyotlarni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin. Qadimda Hindistonliklar, to‘rt kishi ishtirokida o‘ynaladigan “chaturanga” o‘yinini o‘ynaganlar. Har bir ishtirokchining figuradan tashkil topgan o‘z armiyasi bo‘lgan. Figuralar sakkizga sakkiz o‘lchamli kvadrat doskaning to‘rt tarafiga qo‘yilgan. O‘yinchilar bir-birlariga qarshi o‘ynashgan. Figuralar ma’lum qoida bo‘yicha harakatlangan. Kimki dushman figuralarni yutsa, u o‘yinda g‘olib bo‘lgan. Keyinchalik ushbu o‘yin Arabistonning sharqiy qismida ham ommalashgan. O‘yin qoidalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgan. Shuningdek o‘yinchilar soni ikkitaga qisqargan, figuralar soni esa oshgan. Bu yerda ushbu o‘yin “shatranj” nomini olgan. Vaqt o‘tib bu o‘yinni tojiklar ham o‘ynay boshlaganlar. Aynan tojiklar o‘yinga siz va biz bilgan “shaxmat” nomini berishgan. Shaxmat so‘zining ma’nosi — “shox mot”, ya’ni “shox mag‘lub bo‘ldi”, degan ma’noni anglatadi. Shundan so‘ng shaxmat o‘yini boshqa davlatlarda ham juda ommalashgan. Sekin-asta shaxmat klublari ham paydo bo‘ldi. U yerda o‘yinchilar shaxmat o‘ynaganlar va o‘yin ihlosmandlari ham aynan shu yerga yeg‘ilganlar. 1575 yilda shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir Filip II qiroli tomonidan ilk marotaba uyushtirilgan bo‘lib, ushbu turnir Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda ikki Italyan shaxmatchisiga qarshi ikkita Ispan o‘yinchisi o‘ynagan. Mana oradan vaqt o‘tib, shaxmat sport turiga kiritildi. Ikki yilda bir marotaba shaxmat bo‘yicha olimpiada o‘tkaziladi. Uning o‘z qoidalari va shu bilan birga mukofot-u unvonlari bor. Eng yuqori unvon — grossmeysterlikdir. Bu unvonni egallash uchun shaxmatchidan tinmay mehnat qilish va o‘z xatolari ustida ishlash talab etiladi. qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984). 1992-yilda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi, 1999-yilda esa Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi. 1998-yilda Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi. Rustam Qosimjonov 1998-yilda Osiyoning birinchi, 2004-yilda esa jahonning 17-chempioni boʻldi. Nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar koʻrsatgani uchun FIDE Oʻzbekistonlik quyidagi shaxmatchilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yoʻldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev. Bir necha shaxmatchi va murabbiylar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar oʻrtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilyapti. Shaxmat „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, universiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishyapti. Hozirgi vaqtda Toshkent va viloyatlardagi shaxmatga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shaxmat klublari va toʻgaraklarida 268 murabbiy faoliyat koʻrsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) shaxmat bilan bevosita shugʻullanishadi, ulardan 3220 nafari shaxmat razryad va unvonlariga ega[1]. Maktabda matematika fanini yaxshi o‘qigan bo‘lsangiz, progressiyalar haqida yaxshi eslasangiz kerak. Balki xuddi mening matematika o‘qituvchim singari sizning ustozingiz ham, shaxmat taxtasidagi katakchalar tartibiga muvofiq, bug‘doy donlari berishini so‘rab, podshoni tang holatga tushirib qo‘ygan ziyoli haqidagi eski afsonani aytib bergandir. Keling shu afsonani batafsil tahlil qilib chiqamiz. Avvalo afsonaning o‘zini eslab olsak: Shaxmat o‘yini Hindistonda ixtiro qilingan. Bunday ajoyib o‘yinni ixtiro qilinganligini eshitgan hind podshosi - Sheram, o‘yindagi yurishlar va holatlarning turli-tumanligi, uning o‘ta qiziqarli va ayni vaqtda kuchli zehn talab qiladigan, murakkab aql mashg‘uloti ekanligidan kuchli ta'sirlanib, ixtirochining zakovatidan lol qolibdi. Sheramga, bu o‘yinni uning fuqarolaridan biri ixtiro qilganini aytishibdi. Podshoda shunday ajoyib o‘yinni ixtiro qilgan odam bilan shaxsan tanishish va uni munosib taqdirlash fikri paydo bo‘libdi. Xizmatchilariga shaxmat ixtirochisini uning huzuriga topib keltirishni tayinlabdi. Oradan ma'lum vaqt o‘tgach, shaxmatni ixtiro qilgan kishi, podsho toj-taxti huzurida hozir bo‘libdi. U, kamtarona kiyingan Seta ismli olim bo‘lib, shogird olib, ularga ilm o‘rgatish orqali, xususiy tarzda tirikchilik qilar ekan. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling