Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi Sultonova M


Download 1.68 Mb.
Sana17.02.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1205215
Bog'liq
Tabiatdagi simmetriya Sultonova M

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi Sultonova M


Tabiatdagi simmetriya


Simmetriya-simmetriya markaziga yoki òqiga nisbatan shakl elementlarining joylashish xususiyatlarini har qanday òzgarishlarda saqlab qolishi.
Tirik tabiat obyektlari va hodisalari simmetriyaga ega. Bu tirik organizmlarga òz muhitiga yaxshiroq moslashishga va shunchaki omon qolishga yordam beradi. Tirik tabiatdagi organizmlarning katta qismini simmetriyaning har xil turlari namayon qiladi. Bundan tashqari har xil anatomik tuzilishdagi organizmlar bir xil tashqi simmetriyaga ega bòlishi mumkin.
Tabiatdagi simmetriyani har qadamda uchratish mumkin. Masalan jonli mavjudotlarning kòpchiligi, xususan, inson va hayvonlar gavdasi,òsimliklarning barglari va gullari simmetrik tuzilgan. Jonsiz tabiatda esa qor uchqunlari va tuz kristallari.
Boshqa kòpgina matematik tushunchalar singari, shakllarning simmetriyasi tushunchasi ham atrofni òrab turgan dunyo obyektlarini kuzatish natijasida paydo bòlgan. Masalan, òsimliklar va tirik organizmlar tavsiflarini kòzdan kechirib( bu tasvirlarni tekis shakl deb hisoblash mumkin), ulatning kòplari yuqori darajadagi aniqlikda biror simmetriyaga ega ekaniga ishonch hosil qilish mumkin.
Masalan, daraxt barglari, kapalaklar, qor uchqunlari òqqa nisbatan simmetriyaga ega.
Simmetriya texnikada,san’atda,turmushda juda kòplab uchraydi
Masalan, binolarning old va ust tomondan kòrinishlari simmetrik bòladi. Gilamdagi gullar, naqshlar, jiyaklarning gullari, mexanizmlarning kòpgina turlari, masalan, ģildiraklar yoki shesternalar simmetrik shaklda bòladi.
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling