Shahrisabz davlat universiteti pedogogika-psixologiya fakulteti psixologiya yo
Download 0.63 Mb.
|
10.Psixologik maslahatchi shaxsiga qo’yiladigan talablar (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaviy maslahat
1.2&Psixologik maslahat turlari
Turli odamlar psixologik maslahatga muhtoj bolganligi va turli masalalarda ular yordam so‘rab murojaat etganliklari sababli psixologik maslahatni mijozlar individual xususiyatlariga va muammolariga qarab turlarga ajratish mumkin. Birinchi navbatda intini-shaxsiy deb ataluvchi psixologik maslahatni ajratib ko‘rsatamiz, ko‘pchilik odamlarda ko‘pincha mana shunday maslahatga talab yuzaga keladi. Ushbu turga shaxs sifatida odamga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan, unda kuchli hayajonlar uyg‘otadigan, atrofdagi odamlardan yashiriladigan masalalar bo‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular odam nima bo‘lsa ham ularni yo'qotishni xohlaydigan psixologik yoki xulqi muammolari, shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq muammolar, turli qolrqinchlar, muvaffaqiyatsizliklar, shifokor aralashuvini talab etmaydigan psixogen kasalliklar va boshqalar. Bunga odamning o‘zidan o‘zi qoniqmasligini intim, masalan jinsiy muammolarni ham kiritish mumkin. Keyingi ahamiyati bo'yicha va hayotda ko'p uchraydigan psixologik maslahatning keyingi turi - oilaviy maslahathisoblanadi. Bunga odamning o ‘z oilasida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular xususan bo’lajak turmush o‘rtog‘ini tanlash, oilada o’zaro munosabatlarni to‘g;ri tashkil etish va boshqarish, oilaviy munosabatlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va bartaraf qilish, erxotinlarning qarindoshlari bilan munosabatlari, kundalik oilaviy muammolar bo‘lishi mumkin. Maslahatlarning uchinchi turi — psixologik-pedagogik maslahatdan iborat. Bunga maslahatchining mijoz bilan bola!arnitarbiyalash va o‘qitishni, biror ishga o‘rgatish ha m da kattalarning pedagogik malakasini oshirishni, pcdagogik rahbarlik, bolalar va kattalar guruhlari, jamoalarni boshqarishni kiritish mumkin. Psixologik-pedagogik maslahatning eng ko‘p tarqalgan to‘rtinchi turi — amaliy maslahatlar. U o‘z navbatida odamlar faoliyati turlari necha xil bo‘lsa, shuncha turlariga ega boMadi. Umuman olganda, odamlarning amaliy ish bilan bogliq muammolarini hal etish amaliy maslahat deb ataladi. Bunga inson uchun kasb tanlashni, odamda qobiliyatlarini rivojlantirish, lining mehnatini tashkil qilish, ish bajarish qobiliyatini oshirish, ish bo‘yicha muzokaralar olib boorish masalalarini kiritish mumkin. Aytib o‘tilgan psixologik maslahat turlarining har biri boshqasi bilan o‘xshashdir, masalan har xil faoliyat turlarida bir turli vaziyatlarda o ‘zining psixologik talqin qilinishi bo‘yicha bir xil muammolar yuzaga kelishi mumkin. Lekin shu bilan birga psixologik m aslahatlar aytib o‘tilgan har bir turida o'zining xususiyatlari mavjud. Ularni ko‘rib chiqamiz Oilaviy maslahat o ‘z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy muammoning mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji bo‘lsa shaxsiy oilaviy hayotida ularni bilishni talab etadi. Oilasi bo'lmagan o dam lar oilaviy maslahatlar bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishlari qiyin bo‘ladi, aksi ham bo'lishi mumkin. Oila qurishga yoki oilani saqlab qolishga urinmagan inson yaxshi psixolog-maslahatchi bo’lishi qiyin. U ning shaxsiy tajribasi odamlarga salbiy mazmunda foydali bo’lishi mumkin. Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yoM qo‘ymaslikni aytib berishi mumkin, lekin oilani saqlab qolish va o‘zaro munosabatlarni yaxshilash yo‘Ilarini ko‘rsata olmayapti. Biroq bu qoidada ham o‘zgacha holatlar bo‘lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy hayotda o‘zlari ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy masalalar bo‘yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo‘lib chiqqanlari m a’lum. Psixologik-pedagogik maslahat bcrish o ‘z navbatidamaslahatchining pedagogik ma’lumotga, o ‘qitish, odamlarnitarbiyalash tajribasiga ega boMishini talab qiiadi. Sobiq o'qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi hamda kerakli ma’lumotga ega bo‘lib, odatda psixologik-pedagogik masalalar bo’yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo’lib chiqadilar. Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy maslahatga ham taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi boMgan faoliyat sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling