O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |