Shahrisabz shahridagi 14--umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika va informatika metod birlashmasi a’zolari tomonidan 2021-2022 o’quv yilining iv-chorak davomida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti


Download 14.98 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi14.98 Kb.
#1146730
Bog'liq
4-chorak hisobot


Shahrisabz shahridagi 14--umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika va informatika metod birlashmasi a’zolari tomonidan 2021-2022 o’quv yilining IV-chorak davomida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti
Matematika va informatika metod birlashmasi a’zolari dars samaradorligini oshirish maqsadida yangi ped texnologiyalaridan foydalangan holda texnika vositalaridan foydalanib o’quvchilarga chuqur va puxta bilim berish maqsadida o’z faoliyatlarini amalga oshirib bormoqda. Metod birlashmada 10 nafar o’qituvchi a’zo bo’lib, barcha fan xonalari zamon talablari asosida jihozlangan. Matematika va informatika xonalari kerakli jihozlar bilan to’liq ta’minlangan. Fan xonalari fanga oid ko’rgazmali materiallar bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari barcha o’qituvchilar o’z fani bo’yicha sinflar kesimida test bankiga ega. Darslar test materiallari , savol kartochkalari krossvordlar qo’llanilgan holda , turli metod va usullardan foydalanib o’tilmoqda.
IV-chorak davomida matematika va informatika fan o’qituvchilari tomonidan bir qancha ochiq darslar o’tkazildi.
Informatika fani o’qituvchisi Xidirov Ulug’bek 15.04.2022-yil kuni 11-A sinfda informatika fanidan “Mintaqaviy global kompyuter tarmog’i va uni himoyalash ” mavzusida ochiq dars o’tib berdi. Bu ochiq darsga o’qituvchilardan D.Sadullayeva, S.Jo’rayeva, D.Batiyeva, A.Jumanov, G.Nematova, SH. Djurayeva, F.Niyozova, D.Safarova va maktab O’TIBDO’ Xudoynazarova Muxayyolar darsni kuzatib borishdi va dars oxirida o’z xulosalarini aytishdi. Darsda ishtirok etgan ustozlardan O’TIBDO’ M.Xudoynazarova so’zga chiqib dars haqida o’z fikrlarini bayon qildi. Darsni tahlil qilgan ustozlar bir ovozdan ochiq darsni namunali deb topib, pedagogic kengashga ommalashtirish uchun tavsiya qildilar.
Xidirov Ulug’bek 18.05.2022-yil kuni ham 6-B sinfida “Word dasturida hujjatlarni chop qilish” mavzusida ochiq dars o’tib berdi.
Informatika fani o’qituvchisi Komilova Umida 13.04.2022-yil kuni 5-A sinfida “Sodda animatsiyalar yaratish” mavzusida, 16.05.2022-yil kuni 8-A sinfida “Freelance haqida tushuncha. Web-freelance saytlari bilan tanishish” mavzusida ochiq dars o’tib berdi.
Matematika fani o’qituvchisi Mirzayeva Ra’no 27.04.2022-yil kuni algebra fanidan 8-G sinfida “Kvadrat tenglamaga doir misollar yechish” mavzusida, 30.04.2022-yil kuni 7-V sinfida geometriya fanidan “Hisoblashga doir masalalar yechish” mavzusida ochiq dars o’tib berdi.
Matematika fani o’qituvchisi Jo’rayeva Sanobar 27.04.2022-yil kuni 10-B sinfida algebra fanidan “III bobga doir misollar yechish” mavzusida va yana shu kuni 7-B sinfida algebra fanidan “Kombinatorikaning asosiy qoidasi” mavzularida ochiq dars o’tib berdi.
Matematika fani o’qituvchisi Shoimova Komila 13.05.2022-yil kuni 5-A sinfida “Yakuniy takrorlashga doir masalalar yechish” mavzusida, 14.05.2022-yil kuni 8-A sinfida “Yakuniy takrorlashga doir masalalar yechish” mavzusida ochiq dars o’tib berdi.
Bundan tashqari metodbirlashma a’zolari matematik kechalar tashkil qilishdi.
17.05.2022-yil kuni matematika fani o’qituvchilari Muxammadiyeva Nasiba va Shoimava Komilalar matematika fan to’garagi a’zolari bilan “Siz matematikani bilasizmi” nomli tadbir o’tkazishdi. Bu tadbirda Prezidentimizning “Besh muhim tashabbusi” to’liq qamrab olindi.
18.05.2022-yil kuni matematika fani o’qituvchilari Muxammadiyeva Nasiba va Jo’rayeva Sanobarlar 6A va 6-G sinflar o’rtasida “Matematik mushoira” o’tkazishdi. Tadbirga fan o’qituvchilari taklif qilindi va quyidagi o’qituvchilar tashrif buyurishdi. Kimyo fani o’qituvchisi Sh. Tursunova, rus tili fani o’qituvchisi D.Batiyeva, texnalogiya fani o’qituvchisi D.Saydaliyeva, ingliz tili fani o’qituvchisi X.Abduraxmonova va aniq fanlar metodbirlashmasi a’zolari. Tadbir oxirida guruxlar maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Har bir o’tkazilgan ochiq darslar va tadbirlar maktab ichtimoiy tarmoq kanallariga yoritib borildi.
Metod birlashma rahbari: Xidirov Ulugbek
Download 14.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling