Shajarai turk va mug′ul
Download 292.72 Kb. Pdf ko'rish
|
(t)Shajarai turk va mug′ul
Xulosa
Shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik kuchaya boshlaydi. Buning ijtimoiy - iqtisodiy hamda siyosiy sabablari quyidagicha bo’lgan: Chunonchi, Shanboniyxon hukmronligidan boshlab 100 yil davom etgan shayboniylar davlati tipik feodal davlat edi. Davlatning boshida cheksiz huquqqa ega bo’lgan xon o’tirgan, butun viloyatlar shu xonadon a’zolariga, sultonlarga bo’lib berilgan, viloyat hukmronlari esa maxsus askariy guruhga, urug’ va qabilalarning yuqori doiralariga, ruhoniylarga suyanganlar. Masalan, XVI asrning 40-yillarida Samarkandda Abdulatif, Buxoroda Abdulaziz, Toshkentda Baroqxon, Karmana va Miyonqolda Iskandar sulton, Balxda Pirmuhammadxon kabilar hukmronlik qilganlar. Bularning har biri o’zini mustaqil hukmdor hisoblab, bir-birlari bilan to’xtovsiz urushib turar edi. Ular bosh hukmdorga (xonga) nisbatan vassallik munosabatida bo’lishlari kerak bo’lsa ham, lekin ular ko’pincha xon hukumatini tanishni istamas va unga qarshi kurash olib borar edilar. Bu feodal urushlarning butun og’irligi, jabr-jafosi, dahshati mehnatkash xalq boshiga tushib, uni qon qaqshatgan edi. Abdulmo’minning otasi Abdullaxonning Urganch ustiga uch marta qo’shin tortib borishi yurtga xarobalik keltiradi. XIV asrda boshlangan feodal tarqoqlik XVII asrga kelib yanada kuchaya boshlaydi. Abdullaxon va uning o’g’li Abdulmo’minxonlar davrida Xorazm juda ko’p martalab o’zaro qirg’in urushlar girdobida qolib, tobora qashshoqlasha va xonavayron bo’la bordi. Talonchilikdan tashqari, soliqlar haddan oshirildi. Abulg’ozining otasi Arabmuhammadxon taxtga chiqqach ham Xiva xonligida o’zaro qirgin urushlar davom etib turdi. Bir tomondan, Eron va Buxoro hukmronlarining bosqinchiligi, ikkinchi tomondan, o’zaro taqsimlab olingan qavm- qarindosh bekliklar o’rtasidagi tinimsiz fojiali kurashlar uzluksiz davom etdi. Bu davr muhitini xonlikda mana shunday keskin siyosiy vaziyat hukm surgan vaqtda yashagan, hamda bolalik va o’smirlik yillaridan uzoq va yaqin qarindoshlari o’rtasidagi kurashlarning guvohi, hamda ishtirokchisi bo’lgan Abulg’ozi Bahodirxon boshqa zamondoshlaridan ko’ra yaxshiroq tushunardi. Hukmdor va olim sifatida u mamlakatdagi murakkab vaziyatdan chiqishning yagona yo’li o’tgan tarixiy jarayonlarni chuqur o’rganish va tahlil qilish asosida islohotlar ishlab chiqish va amalga oshirish ekanini yaxshi tushunar edi. Bu holat uni mamlakat tarixini o’rganish va tarixiy asar yozishga da’vat qildi. Zero, u ajdodlarining beparvoliklari tufayli yozilmay qolgan tarixning yozilishi zarurligini birinchilardan bo’lib angladi. Uning «Shajarai tarokima» va «Shajarai turk» asarlari Xorazm va umuman O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega bo’lgan asarlar hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling