„shakl quyaman atamasi ostida gazga oʻxshash, zarrachalari


Download 100.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi100.69 Kb.
#200519
Bog'liq
Plazma - Vikipediya



Plazma

Fizika va kimyoda plazma (yun. πλάσσω,



plasso — „shakl quyaman“) atamasi

ostida gazga oʻxshash, zarrachalari

ionlashgan 

modda holati

 tushuniladi.

Gazni qizdirish uning atom yoki

molekulalarini ionlantirib, plazmaga

aylantirishi mumkin.

[1]

 Issiqlikdan



tashqari kuchli elektromagnit maydoni

(lazer yoki 

mikrotoʻlqin

) yordamida ham

plazma hosil qilish mumkin.

[2]



Plazma (yun. plasma — shakllangan) —

toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir

elementar hajmdagi elektron va

ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng

boʻlgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga

oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz

holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi.

Plazma lampasida

 elektronlar ionlar bilan birlashib,

yuqori energiyali holatdan quyi energiyali holatga

oʻtadi va nurlanadi.



Har qanday jism kuchli qizdirish

natijasida gaz holatiga oʻtadi. Agar

temperatura yanada oshirilsa, issiqlik

energiyasi taʼsirida molekulalarning

ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi.

Gazning ionlanishi turli vositalar

yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki

boshqa zarralar bilan bombardimon

qilish natijasida ham sodir boʻlishi

mumkin. P. hajm birligidagi ionlashgan

atomlar sonining shu hajm birligidagi

barcha atomlar soniga nisbati P.ning

ionlanish darajasi a deyiladi. a ning

qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla

ionlashgan P. boʻladi. Kosmos va Yer

sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida

P. holatidagi modda gʻoyat katta rol



oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari,

yaʼni gazlardagi razryadlar, yashin,

uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar P. bilan

bogʻliq. Yer atmosferasining yuqori

qatlami Quyosh va boshqa kosmik

omillar taʼsirida zaif ionlashgan P. boʻlib,

ular quyosh shamoli kurinishida Yer

magnitosferasi va ionosferasini tashkil

qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali

yulduzlar toʻla ionlashgan P.dan iborat. P.

zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar

soni) quyidagi qiymatlarga ega boʻladi:

galaktik fazoda p ~ 10 , quyosh

shamolida p ~ 10 , qattiq jismlarda p -

1O22. "P." terminini fanga birinchi boʻlib

amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks

kiritgan (1923).



Umumiy holda P.ni tashkil etuvchi

elektronlar, ionlar va neytral atomlarning

oʻrtacha kinetik energiyalari birbiridan

farq qilishi mumkin. Bunday

termodinamik muvozanatsiz holatdagi

P.ga noizotermik P. deb ataladi. Mas, gaz

razryadli P.da har bir elektronning

oʻrtacha kinetik energiyasi ionnikiga

qaraganda unlab marotaba katta boʻladi.

P .ning muvozanatsiz holati razryad

tokining energiyasi hisobiga saqlanib

turishi mumkin. Maʼlumki, tashqi manba

energiyasi asosan, elektronlar qabul

qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral

zarra massasiga nisbatan bir necha ming

marta kichik boʻlganligi sababli,

toʻqnashuvlar natijasida elektronlar



energiyasining juda oz qismigina boshqa

zarralarga oʻtishi mumkin. Elektronlar

energiyasining kamayishi tashqi manba

energiyasi hisobiga toʻldirila boradi.

Shunday qilib, elektronlar, ionlar va neytral

zarralarning har qaysisi oʻziga xos

oʻrtacha kinetik energiyaga, demak

temperaturaga ega. Elektronlar

temperaturasi Te, ionlar temperaturasi T:

va neytral zarralar temperaturasi To

orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan

T, kattaroq. Te esa ancha katta boʻladi.

P. ni harakterlovchi eng muhim fizik

kattalik Debay radiusidir, uning mohiyatini

quyidagicha tushuntirish mumkin. Agar P.

tarkibidagi biror q zaryadli zarra




vakuumda boʻlganida edi, uning oʻzidan g

masofa uzoqlikdagi nuqtada hosil

qilayetgan potensiali formula orqali

aniqlanar edi. Plazmada esa

kuzatilayotgan bu zaryadli zarra boshqa

zaryadlangan zarralar bilan qurshab

olingan. Zaryadlar orasida oʻzaro taʼsir

kuchlari mavjudligi tufayli kuzatilayotgan

zaryad atrofiga koʻproq unga teskari

ishorali zarralar yigʻiladi va ular q zaryad

maydo-nini kuchsizlantiradi.

Hisoblashlarning koʻrsatishicha, P.dagi q

zaryadning potensiali masofa ortishi

bilan quyidagi qonuniyat boʻyicha oʻzgarib

boradi: bundagi D kattalik temperaturaga,

hajm birligidagi zarralar soniga, ularning

zaryadiga bogʻliq. Jumladan, agar izo-



termik P. faqat elektronlardan yoki bir xil

zaryadli ionlardan iborat boʻlsa bu yerda

elektronlar (yoki ionlar)ning hajm

birligidagi soni i orqali va elektron zaryadi

ye orqali belgilanadi. r " D boʻlganda, yaʼni

D ga nisbatan katta masofalarda

zaryadlarning elektr maydoni juda

zaiflashadi. Bu hodisa zaryad

maydonining ekranlanishi, ekranlanishini

xarakterlovchi D kattalik esa ekranlanish

radiusi yoki Debay radiusi deb yuritiladi.

Mas, vodorod P.sida T=105A’ va

ya=1016sm"3 ekan, Debay radiusi £>=1,5-

10~5 sm. Radiusi D ga teng sfera

ichidagi barcha zaryadli zarralarning soni

Debay soni deyiladi. Debay soni katta

boʻlgandagina P.ni gaz deb hisoblash



mumkin. P.ning asosiy xususiyati

shundan iboratki, undagi musbat va

manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-

biriga tengdir. Bu xususiyat P.ning

kvazineytralligi deyiladi. P. egallagan

joyning chizigʻiy oʻlchami Debay

radiusidan ancha katta holatdagina

kvazineytrallik roʻy beradi.

Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz

qolatlarda boʻlishi uning agregat holatlari

deyiladi. Yuqorida aytilganlardan

ravshanki, P. xususiyatlari moddaning

oddiy gaz holatidagi xususiyatlaridan

koʻp jihatdan farq qiladi. Shuning uchun

P.ni moddaning toʻrtinchi holati deb

hisoblanadi. P. xususiyatlaridan




foydalanish xrz. zamon texnikasi

taraqqiyotida gʻoyat katta ahamiyatga

ega.

Arsimovich L.A., Elementarnaya fizika



plazmi, M., 1969; Rubnikov B.A.,

Vvedeniye v teoriyu plazmi, ch. 1—3, M.,

1969-78.

[3]


1. Luo, Q-Z; D'Angelo, N; Merlino, R. L.

(1998). Shock formation in a

negative ion plasma . 5. Department

of Physics and Astronomy.

http://www.physics.uiowa.edu/~rmer

Adabiyot


Manbalar


lino/nishocks.pdf . Qaraldi: 2011-11-

20.

2. Sturrock, Peter A. (1994). Plasma



Physics: An Introduction to the

Theory of Astrophysical, Geophysical

& Laboratory Plasmas.. Cambridge

University Press.

ISBN 0-521-44810-7. 

3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


  Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Fizikaga oid ushbu maqola chaladir. Siz

uni boyitib, Vikipediyaga yordam

berishingiz mumkin.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Plazma&oldid=1814218



dan olindi



Download 100.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling